O‘zbekistonda aholining necha foizi mehnatga layoqatli?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAlleya vozle SUMa v Tashkente.
Alleya vozle SUMa v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2021
Obuna bo‘lish
Respublika doimiy aholisining yosh guruhlari bo‘yicha tarkibida mehnatga layoqatli yoshdagilar 57,8 foizni tashkil etadi.
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston doimiy aholisining necha foizi mehnatga layoqatli ekanini ma’lum qildi.
Qo‘mitaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil 1-oktabr holatiga respublika doimiy aholisining yosh guruhlari bo‘yicha tarkibida mehnatga layoqatli yoshdagilar 57,8 foizni tashkil etadi.
Bundan tashqari, mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar 31,1 foiz, mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 11,1 foizga teng.
Ma’lumot o‘rnida, 2021-yilning 1-oktabr holatiga mamlakatning doimiy aholisi soni 35 mln 79,2 ming kishini tashkil etadi. Doimiy aholisi so‘nggi 30-yil ichida 13,9 mln kishiga oshgan.
Ploshad Drujbi narodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2021
O‘zbekistonning doimiy aholisi 2020-yilga nisbatan 2% oshdi
Yangiliklar lentasi
0