Jamiyat

“Propiska” soʻzi qonunchilikdan butkul chiqarib tashlanadi

Uzbekskiy pasport - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.10.2021
Deputatlar ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini muhokama qilishdi.
TOSHKENT, 12 okt – Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur qonun loyihasi bilan ayrim qonun hujjatlaridagi “doimiy propiska qilish” tushunchalari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish” tushunchalariga hamda “turgan joyi boʻyicha hisobga olish” tushunchalari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” tushunchalariga almashtirilmoqda.
Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga fuqaro ID-kartani olish yoki almashtirish yuzasidan oʻz vaqtida murojaat qilmasa, yaroqsiz holga keltirsa va yoʻqotib qoʻysa, maʼmuriy javobgarlikka tortilmaslik tartibi chiqarib tashlanmoqda.
Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi huquqni qoʻllash amaliyotida “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish”, “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” hamda identifikatsiyalovchi ID-karta tushunchalari bilan bogʻliq boʻshliqlarni bartaraf etilishiga olib keladi.
Muhokamalardan soʻng qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
Siyosat
Oʻzbekiston fuqarosisizlar, nega poytaxtda yashash mumkin emas - Mirziyoyev "propiska" haqida
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda propiska tizimi tubdan isloh qilindi. Xususan, 2020 yil 1 apreldan Toshkent shahri va viloyatida koʻchmas mulkka ega boʻlishda fuqarodan propiska talab etilmaydi. 2020 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiskani onlayn rasmiylashtirish mumkin boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala