Dunyoda

Qaysi vaktsina bilan emlangan xorijliklar Umra ziyoratiga borishi mumkin

© AP Photo / Amr NabilPalomniki v aeroportu Djeddы, Saudovskaya Araviya
Palomniki v aeroportu Djeddы, Saudovskaya Araviya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.10.2021
Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan maʼqullangan COVID-19 ga qarshi vaktsinalar bilan emlangan xorijliklar mamlakatga kirishi mumkin.
TOSHKENT, 12 okt – Sputnik. Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan maʼqullangan COVID-19 ga qarshi vaktsinalar bilan emlangan xorijliklar Umra ziyoratini amalga oshirishlari mumkin. Bu haqda 10 oktyabr kuni “Gulf Business” nashri xabar bermoqda.
Saudiya Arabistoniga “Pfizer/BioNTech”, “Oxford-AstraZeneca” yoki “Moderna” vaktsinasining ikki dozasini, yoki “Johnson & Johnson” vaktsinasining birinchi dozasini olganlar kiritiladi. Hozircha aynan shu vaktsinalar Arabiston hukumati tomonidan maʼqullangan.
Podshohlik SSV mamlakatga “Sinopharm” yoki “Sinovac” bilan emlanganlar ham mamlakatga kirishi mumkinligini maʼlum qildi, biroq Arabiston hukumati tomonidan maʼqullangan qoʻshimcha vaktsinani olish kerak boʻladi.
Veruyuщiye vo vremya molitvы v Kaabe, Saudovskaya Araviya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2020
Dunyoda
Saudiya hukumati Haj mavsumida Kaʼbani qoʻl bilan ushlashni taqiqladi
Qayd etish joizki, Oʻzbekistonda aholi koronavirusga qarshi “AstraZeneca”, ZF-UZ-VAC2001, “Sputnik V”, “Moderna” va “Pfizer/BioNTech” vaktsinalari bilan emlanmoqda. Tez orada Turkiyadan “Sinovac” vaktsinasi ham keltiriladi.
Eslatib oʻtamiz, Saudiya Arabistoniga kirish 2020 yil fevrali oxirida koronavirus pandemiyasi sabab vaqtincha cheklangan edi. Ketma-ket ikki yil boshqa mamlakatlar qatorida Markaziy Osiyo ziyoratchilari Hajga bora olishmadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala