Rossiya 150 ming o‘zbekistonlikdan mamlakatga kirish taqiqini olib tashladi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishMigranti
Migranti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2021
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, afv sud qarori bilan Rossiyadan chiqarib yuborilgan xorijliklar toifasiga taalluqli emas.
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Taqiqqa tushgan 150 ming nafar O‘zbekiston fuqarosidan Rossiyaga kirish taqiqi olib tashlandi. Bu haqda Rossiya migrantlar federatsiyasi rahbari Vadim Kojenov ma’lum qildi.
Bundan tashqari, ilgari taqiqqa (zapret) tushgan 150 ming Tojikiston fuqarosi ham Rossiyaga hududiga kirishi mumkin.
Afv sud qarori bilan Rossiyadan chiqarib yuborilgan xorijliklar toifasiga taalluqli emas.
Agar mamlakatdan chiqarib yuborish va taqiq qo‘yish qarori Rossiya IIV tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, hozirda taqiq bor yoki yo‘qligini mvd.rf saytida tekshirish mumkin.
Shuningdek, Kojenov migrantlarni pul evaziga “zapret”dan chiqarib berishni taklif qiluvchi firibgarlardan ogohlantirdi. Chunki fuqaroning o‘zi mustaqil buni tekshirib ko‘rish imkoniyati ega.
Quyidagi videoda Rossiyaga kirish uchun “zapret” bor yoki yo‘qligini qanday mustaqil tekshirib ko‘rish mumkinligi batafsil tushuntirilgan.
Yangiliklar lentasi
0