Dunyoda

Sadir Japarov Qirgʻiziston hukumatini isteʼfoga chiqardi

© Press-slujba prezidenta KR / Sultan DosaliyevSadыr Japarov
Sadыr Japarov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.10.2021
Akilbek Japarov Vazirlar mahkamasi raisi – Qirgʻiziston prezidenti maʼmuriyati rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.
TOSHKENT, 12 okt – Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov amaldagi Vazirlar mahkamasi tarkibini isteʼfoga chiqardi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uning tegishli farmoni bilan Vazirlar mahkamasi aʼzolari oʻz vazifalarini yangi tarkib shakllantirilishiga qadar ijro etishadi.
Lekin bu Hukumat raisi Ulukbek Maripovga taalluqli emas. Japarov oʻzining boshqa farmoni bilan uni lavozimidan ozod qilgan.
Maripovning oʻrniga Akilbek Japarov Vazirlar mahkamasi raisi – Qirgʻiziston prezidenti maʼmuriyati rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.
Kuni kecha Qirgʻizistonda “Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisidagi” konstitutsiyaviy qonun qabul qilingan edi. Yangi qonunga koʻra Hukumat rahbari bir vaqtning oʻzida prezidenti maʼmuriyatiga rahbarlik qiladi. Vazirlar mahkamasi tarkibi va tuzilishi Jogorku kenesh bilan muvofiqlashtirilishi kerak.
Prezident Kirgizii Sadыr Japarov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.10.2021
Dunyoda
Japarov Qirgʻizistondagi oktyabr voqealariga nima sabab boʻlganini aytdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala