Shavkat Mirziyoyev Qarshidagi prezident maktabiga tashrif buyurdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil prezidentskuyu shkolu v Karshi
Shavkat Mirziyoyev posetil prezidentskuyu shkolu v Karshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2021
Obuna bo‘lish
Maktabda ta’lim ingliz tilida olib boriladi. Buning uchun mahalliy o‘qituvchilar bilan bir qatorda 10 nafar chet ellik mutaxassis ham jalb qilingan.
TOShKENT, 12 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Qarshi shahrida yaqinda foydalanishga topshirilgan yangi prezident maktabini borib ko‘rdi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.
- Bu hayotlaringizdagi birinchi eng katta g‘alabangiz. Ana shu g‘alaba bilan sizlarni tabriklayman, ota-onangizga rahmatlar aytaman. O‘z kelajagingizga zamin yaratayapsiz. Vaqtdan, bu sharoitlardan unumli foydalaninglar. Bugungi muvaffaqiyat - tarix. Yanayam ko‘proq o‘qib, izlanishdan to‘xtamanglar. Kelgusida yangi O‘zbekistonning munosib farzandlari bo‘lib yetishasizlar. Men bunga ishonaman, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, prezident maktabi bilan viloyatdagi boshqa maktablar o‘rtasida tajriba almashinuvni yo‘lga qo‘yish, shu asosida aniq fanlarni o‘qitish metodologiyasini yangilash zarurligi ta’kidlandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil prezidentskuyu shkolu v Karshi
Shavkat Mirziyoyev posetil prezidentskuyu shkolu v Karshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2021
Shavkat Mirziyoyev posetil prezidentskuyu shkolu v Karshi
Yangi maktabning 168 o‘rinli maktab binosi va yotoqxona Prezident maktablari standarti asosida qurilgan. Fan xonalari, laboratoriyalar, sport zallarida eng zamonaviy sharoitlar yaratilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil prezidentskuyu shkolu v Karshi
Shavkat Mirziyoyev posetil prezidentskuyu shkolu v Karshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2021
Shavkat Mirziyoyev posetil prezidentskuyu shkolu v Karshi
Bu yil maktabga 10 mingdan ziyod o‘quvchi hujjat topshirib, shundan 144 nafari qabul qilingan. Ta’lim jarayoni rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha ingliz tilida olib boriladi. Buning uchun eng malakali o‘qituvchilar, jumladan, 10 nafar chet ellik mutaxassis jalb qilingan. 15 o‘rinli o‘qituvchilar mehmonxonasi qurilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil prezidentskuyu shkolu v Karshi
Shavkat Mirziyoyev posetil prezidentskuyu shkolu v Karshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2021
Shavkat Mirziyoyev posetil prezidentskuyu shkolu v Karshi
Yangiliklar lentasi
0