Analitika

Zaxiralar tugayapti: mutaxassis Oʻzbekistonga import gazi qachon kerak boʻlishi haqida gapirdi

Oʻzbekiston oʻz gaz transport tizimiga sarmoya kiritmoqda va hatto gaz sotib olishga ham tayyor ekanligini respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chogʻida maʼlum qildi. Mahalliy xom ashyo koʻpga yetadimi? Buni Sputnik eksperti bilan muhokama qilamiz
TOSHKENT, 12 okt – Sputnik. Oʻzbekiston gaz transport tizimining holati va iqtisodiyotning ushbu soha istiqbollari, shuningdek, respublikada gaz ishlab chiqarishining oʻsishiga nima toʻsqinlik qilayotgani haqida Sputnik muxbiri va boshlovchisiga RFA ETIning (Rossiya Fanlar Akademiyasi Energiya tadqiqot instituti) jahon va Rossiya energetika kompleksi tadqiqot boʻlimi boshligʻi, Iqtisodiyot va infratuzilma tarmoqlarini tartibga solish instituti Milliy tadqiqot universiteti oliy iqtisodiyot maktabi energetik tadqiqotlar markazi direktori Vyacheslav Kulagin soʻzlab berdi.
2016 yilgacha Oʻzbekiston asosan gaz eksport qiluvchi mamlakat boʻlgan, shuning uchun prezidentning Qashqadaryoda qilgan bayonoti neft-gaz sohasidagi koʻplab mutaxassislar uchun kutilmagan voqea boʻldi.
Schetchik gaza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.10.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda yil boshidan buyon 78 milliard soʻmlik gaz oʻgʻirlandi
Energetikning aytishicha, Oʻzbekiston maʼlum miqdordagi uglevodorodlarni avvallari ham import qilib kelgan, uning xajmini oʻsishi esa 2020 yilda sodir boʻlgan va bu Oʻzbekistonda gaz qazib olishning aynan keskin pasaygan davriga toʻgʻri kelgan.
"2020 yilda gaz ishlab chiqarish 10 milliard kubometrga kamaydi", - deydi Vyacheslav Kulagin.
Bugungi kunda importga boʻlgan ehtiyoj eksport fonida maʼlum bir muvozanat bilan izohlanadi va keyingi oʻn yillikda bu ichki bozorda energiya isteʼmoli ortishi bilan izohlanadi.
Mutaxassislarning taxminiga koʻra, respublikadagi gaz zaxirasi 2030 yilgacha yetadi. Sababi, mamlakatdagi gaz konlari tugab bormoqda va uni qazib olishda maʼlum muammolar yuzaga kelmoqda.
“Turli hisob-kitoblarga koʻra, 2028 yilgacha ularni koʻpaytirish imkoniyati mavjud, biroq keyin bundan ham yomonroq boʻladi va talab ortib borayotgan sharoitda salbiy koʻrsatkich qayd etilishi ham mumkin”, - deya taxmin qilmoqda Kulagin.
Mutaxassisning fikricha, Oʻzbekiston gazni kichik hajmda sotib oladi, shuning uchun respublikadagi gaz eksporti va importi mintaqaviy muammodan boshqa narsa emas. Ammo, agar bu vaziyat ustida ish olib borilmasa, kelajakda Oʻzbekiston aniq gaz importyoriga aylanishi mumkin.
Kulagin mamlakat gaz sohasidagi ayrim muammolarga, jumladan, gaz transpot tizimining holati va gazni noqonuniy isteʼmol qilish holatlariga eʼtibor qaratdi. Respublika hukumati gaz tanqisligiga yoʻl qoʻymaslik uchun bu muammolarni hozir hal qilishi kerak.
“Afsuski, bugungi kunda mamlakatda gaz bilan bogʻliq yoʻqotishlar ancha yuqori, shu bilan birga ularni kamaytirish imkoniyati ham mavjud. Gaz oʻlchash tizimini barqarorlashtirish, uning oqishi va noqonuniy isteʼmol qilish holatlarini kuzatuv ostiga olish kerak”, - deydi Kulagin.
Rossiya Oʻzbekiston bilan bir qancha sohalarda, jumladan, geologorazvedka, gaz qazib olish va transport infratuzilmasini rivojlantirishda yaqindan hamkorlik qilmoqda. Rossiya eksport kreditlari va investitsiyalarni sugʻurtalash agentligi va Gazprombank Oʻzbekiston gaz transport tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiyaviy dasturini qoʻllab-quvvatladi va 300 mln dollar kredit ajratdi.
Ogon na gazopererabatыvayuщey stantsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Iqtisod
Tabiiy gaz importi bojxona bojidan ozod qilindi
Birgalikda saʼy-harakatlar bilan hamdoʻst mamlakatlar juda yaxshi natijalarga erishishi mumkin.
Suhbat yakunida mutaxassis Oʻzbekiston neft-gaz sanoatini rivojlantirish uchun hali 7-8 yil borligini, biroq keyin u aniq importga oʻtishiga va qoʻshnilar bilan narxlar borasida kelishib olishga toʻgʻri kelishini taʼkidladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala