Andijonda soyga yog‘ochdan ko‘prik yasab, odamlarni pulga o‘tkazgan “uddaburonga” chora ko‘rildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2021
Obuna bo‘lish
Erkak mayda bezorilik va o‘zboshimchalik moddalari bilan aybdor deb topilgan. Sud unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Andijon viloyati Buloqboshi tumanida yog‘ochdan ko‘prik yasab, odamlarni soydan pul evaziga o‘tkazgan shaxsga chora ko‘rildi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tumandagi soylardan birining ustiga yog‘ochdan ko‘prik o‘rnatib, odamlardan pul ishlayotgan fuqaro to‘g‘risida xabar tarqalgan edi.
Tuman hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning iyul oyidagi tabiiy ofat oqibatida Aravonsoy ko‘prigi yaroqsiz holatga kelib qolgan va undan foydalanish to‘xtatilgan.
10 oktabr kuni “Bozorboshi” MFY Chilonzor ko‘chasida yashovchi 35 yoshli, muqaddam sudlangan N.I. o‘zining noqonuniy xatti-harakati bilan soyga ikkita yog‘ochdan iborat ko‘prik yasab, odamlarni 1000 so‘m evaziga o‘tkazib qo‘yishni “biznes” qilib olgan.
Bu holat o‘rganilib, Buloqboshi tumani sudida ko‘rib chiqilgan. N.I. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik) va 200- moddalari (o‘zboshimchalik) bilan aybdor deb topilgan. Sud unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.
Hokimlik hozirda tumandagi ko‘prikni qurish va ta’mirlash ishlari boshlanganini qo‘shimcha qilgan.
Yangiliklar lentasi
0