Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

BMT Oʻzbekiston orqali Afgʻonistonga gumanitar yordam joʻnatadi

© Slujba novostey OONV Uzbekistane jdut pervыy bort OON s pomoщyu dlya Afganistana
V Uzbekistane jdut pervыy bort OON s pomoщyu dlya Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
Gumanitar yordam ortilgan uchta samolyotni dastlab Oʻzbekistonga yuborish rejalashtirmoqda.
TOSHKENT, 13 okt – Sputnik. BMTning Qochoqlar ishlari boʻyicha boshqarmasi Oʻzbekiston orqali afgʻon xalqiga gumanitar yordam joʻnatadi.
Gumanitar yordam ortilgan uchta samolyotni dastlab Oʻzbekistonga yuborish rejalashtirilmoqda. Keyin gumanitar yuk Termizdan Hayraton chegara punkti orqali Mozori Sharifga yetkaziladi.
Termizga samolyotlarning birinchisi oktyabr oyining oʻrtalarida kelishi kutilmoqda. Gumanitar yuklarda birinchi ehtiyoj mahsulotlari yetkaziladi.
BMT bugungi kunda afgʻon oilalarining atigi besh foizi yetarli miqdorda oziq-ovqat bilan taʼminlangani haqida ogohlantirgan.
Dollarы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Dunyoda
Afgʻoniston qarzlarni toʻlash uchun BMTdan 90 million dollar yordam soʻradi
Oʻzbekiston mustaqil ravishda ham Afgʻonistonga yordam qoʻlini choʻzmoqda. Sentyabr oʻrtalarida qoʻshni mamlakatga 1,3 ming tonnalik insonparvarlik yordamini joʻnatdi. Bundan tashqari, respublika Xitoy, Pokiston va Hindiston kabi mamlakatlar bilan afgʻon xalqiga yordam berish masalalarini muhokama qilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, BMT Afgʻonistonga oziq-ovqat yordamini koʻrsatish uchun Oʻzbekistonda asosiy logistika markazini tashkil etgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala