Bosh bilan beton sindirish, mixlarga yotish va kuvalda zarbasiga chidash – KXDR spesnazi kuchi

© REUTERS / KCNALider KNDR Kim Chen In na vistavke oboronnoy promishlennosti v Pxenyane
Lider KNDR Kim Chen In na vistavke oboronnoy promishlennosti v Pxenyane  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2021
Obuna bo‘lish
KXDRda harbiylar Kim Chen Inga boshi bilan betonni sindirish qobiliyatini ko‘rsatdilar.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Pxenyandagi harbiy ko‘rgazmaning ochilish marosimida Shimoliy Koreya kuchishlatar bo‘linma harbiylari g‘ishtlarni maydalash, temir panjaralarni bukish, tanalari bilan og‘ir zarbalarga dosh berish qobiliyatlarini namoyish etishdi.
KXDR yetakchisi Kim Chen In 11-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmaning ochilishida ishtirok etdi.
Spesnaz jangchilari tayekvondo jang san’atidan foydalanib, musht bilan beton plitkalarni bo‘laklash, mixlarga yotish va qoringa katta bolg‘a bilan zarbalarga chidash qobiliyatlarini ko‘rsatdilar.
Keyinchalik osmonga qiruvchi samolyotlar ko‘tarildi. KXDR yetakchisi harbiylar bilan birgalikda mamlakatni himoya qilish uchun yaratilgan tanklar va raketalar ekspozitsiya bilan tanishdi.
Yangiliklar lentasi
0