Madaniyat

Bosh vazir oʻrinbosariga parlament soʻrovi yuborildi

© Spuntik / Dmitriy AstaxovPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
Madaniyat sohasidagi qarorlarning bajarilishi taʼminlanishida kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan
TOSHKENT, 13 okt – Sputnik. Iyun-avgust oylarida “Adolat” SDPning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraktsiyasi aʼzolari respublika hududlarida "Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunning bajarilish holati oʻrganib chiqishdi.
Statuya bogini pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda jinoiy javobgarlikka tortish yoshi oʻzgarishi kutilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi maʼlumotiga koʻra, bir qator tizimli kamchiliklar aniqlandi:
- respublika tuman va shaharlaridagi madaniyat markazlarining koʻpi muqim binosiga ega boʻlmaganligi, boʻlsa ham rekonstruktsiyaga muhtoj ekanligi, aksariyat binolar umuman soha faoliyati uchun moʻljallanmaganligi aniqlangan. Achinarli holat imkoniyati cheklangan shaxslarning madaniyat markazlari binolarida kuzatilgan.
- hududlardagi aksariyat madaniyat markazlari tegishli moddiy-texnik baza bilan taʼminlanmagan; boshqa bir qator madaniyat markazlaridagi moddiy-texnik baza esa talab darajasida emas.
- amaldagi qonunchilikka muvofiq hududiy madaniyat markazlari bevosita Madaniyat vazirligi tasarrufidagi tashkilot hisoblansa-da, amalda esa hududiy hokimliklarga boʻysindirilgan xoʻjalik va xizmat koʻrsatish kompleksining tarkibiy qismi sifatida qarab kelinmoqda. Bu esa madaniyat markazlarining faoliyati uchun zarur boʻlgan konstruktiv muhitning paydo boʻlishiga toʻsiq boʻlmoqda.
Parlament quyi palatasining majlisida bosh vazir oʻrinbosari A.Abduhakimovga “Respublika hududlarida madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida qaror qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala