Bosh vazir o‘rinbosariga parlament so‘rovi yuborildi

© Spuntik / Dmitriy AstaxovPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2021
Obuna bo‘lish
Madaniyat sohasidagi qarorlarning bajarilishi ta’minlanishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Iyun-avgust oylarida “Adolat” SDPning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari respublika hududlarida "Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunning bajarilish holati o‘rganib chiqishdi.
Statuya bogini pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2021
O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortish yoshi o‘zgarishi kutilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ma’lumotiga ko‘ra, bir qator tizimli kamchiliklar aniqlandi:
- respublika tuman va shaharlaridagi madaniyat markazlarining ko‘pi muqim binosiga ega bo‘lmaganligi, bo‘lsa ham rekonstruksiyaga muhtoj ekanligi, aksariyat binolar umuman soha faoliyati uchun mo‘ljallanmaganligi aniqlangan. Achinarli holat imkoniyati cheklangan shaxslarning madaniyat markazlari binolarida kuzatilgan.
- hududlardagi aksariyat madaniyat markazlari tegishli moddiy-texnik baza bilan ta’minlanmagan; boshqa bir qator madaniyat markazlaridagi moddiy-texnik baza esa talab darajasida emas.
- amaldagi qonunchilikka muvofiq hududiy madaniyat markazlari bevosita Madaniyat vazirligi tasarrufidagi tashkilot hisoblansa-da, amalda esa hududiy hokimliklarga bo‘ysindirilgan xo‘jalik va xizmat ko‘rsatish kompleksining tarkibiy qismi sifatida qarab kelinmoqda. Bu esa madaniyat markazlarining faoliyati uchun zarur bo‘lgan konstruktiv muhitning paydo bo‘lishiga to‘siq bo‘lmoqda.
Parlament quyi palatasining majlisida bosh vazir o‘rinbosari A.Abduhakimovga “Respublika hududlarida madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqida qaror qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0