Jamiyat

“Chiroyli” avtoraqamlar yangi rekord oʻrnatdi

© UBDD Samarkandskoy oblastiRekordnaya tsena: v Samarkande na auktsione prodali avtonomer za $57 tыsyach
Rekordnaya tsena: v Samarkande na auktsione prodali avtonomer za $57 tыsyach - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
Oʻzbekstonda 2021 yilning toʻqqiz oyida 20 million dollarlik "chiroyli" avtoraqamlar sotildi. Bu oldingi yillarda jami sotilgan avtoraqamlar summasidan yuqori.
TOSHKENT 13 okt – Sputnik. 2021 yilning 9 oyida oʻzbekistonliklar 105 mingdan ortiq “chiroyli” avtoraqamlar sotib olish uchun 221 mlrd soʻm yoki $ 20 mln. sarflashdi deb xabar qilmoqda OʻzA.
Ushbu summa mutlaq rekord boʻldi, u 2018-2020 yillar ichida sotilgan jami “chiroyli” avtoraqamlarning umumiy summasidan ham ortiqcha, deb yozadi nashr, Respublika Tovar-xomashyo birjasi maʼlumotlariga tayanib.
“Chiroyli” raqamlar savdosi tarixida mutlaq rekord Toshkent shahrida oʻrnatilgan. Tarkibida “777” sonlar boʻlgan raqam 441,5 million soʻmga ($ 41 ming) sotilgan. Eng arzon davlat raqami 450,5 ming soʻmga (42 dollar) sotildi. Tuzilgan bitta bitimning oʻrtacha qiymati 2 mln. soʻmga teng boʻldi.
Savdodan tushgan daromadning oʻsishiga 2020 yil noyabr oyida joriy qilingan xaridor istagan harflar kombinatsiyasidan iborata davlat belgisiga buyurtma berish imkoniyati ham taʼsir koʻrsatdi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda bugungi kunda “chiroyli” raqamlarning auktsiondagi boshlangʻich narxi 2 BHMdan boshlanib 130 BHMgacha davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala