Jamiyat

Endilikda fuqarolar davlat xizmatlari sifatini yangi portal orqali baholashi mumkin

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishZadumchivaya jenщina
Zadumchivaya jenщina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
Hozirda ishga tushirilgan platformaga 223 ta muassasa ulangan va registraturalarda maxsus poster QR-kodlar oʻrnatilgan.
TOSHKENT, 13 okt – Sputnik. Akselerator guruhi tomonidan Oʻzbekiston fuqarolariga anʼanaviy tarzda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari sifatini baholash uchun interaktiv portalni ishlab chiqildi. Bu haqda DXA xabar bermoqda.
Endilikda BAHO.GOV.UZ saytida foydalanuvchilar davlat xizmatiga bergan bahosini qoldirishi mumkin.
Hozircha pilot tariqasida ishga tushirilgan platformaga 223 ta muassasaning ulanishiga erishilgan boʻlib, registraturalarda maxsus poster QR-kodlar oʻrnatilgan.
Fuqarolar 5 ta mezon boʻyicha maxsus QR-kod yordamida ushbu portal orqali davlat xizmatlari toʻgʻrisida (1-5 gacha tizimda) oʻz fikr-mulohazalarini qoldirishlari mumkin:
murojaatni koʻrishda muddatlarga amal qilish;
xizmat koʻrsatish malakasi;
odob qoidalariga rioya qilish;
adolatli yondashuv;
murojaat qilish uchun sharoitlar mavjudligi.
Taʼkidlanishicha, fuqarolar tomonidan qoʻyilgan salbiy baholar tegishli davlat organlari rahbarlariga jiddiy signal boʻladi. Mavjud muammolar iloji boricha zudlik bilan hal qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YAIDXP) yangi “Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga ariza topshirish” davlat xizmati ishga tushgani xabar qilingan edi.
 Vaktsinatsiya ot COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Jamiyat
COVID-19 ga qarshi emlanganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani onlayn olish mumkin
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala