Maktabda otishma sodir bo‘lsa nima qilish kerak: Rossiya ta’lim vazirligidan eslatma

© Sputnik / Aleksey Smirnov / Mediabankka o‘tishStrelba v universitete v Permi
Strelba v universitete v Permi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2021
Obuna bo‘lish
Favquloddda vaziyatda o‘zini tutish qoidalari xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar bilan birgalikda ishlab chiqilgan.
TOShKENT, 12 okt - Sputnik. Rossiya Ta’lim va fan vazirligi ta’lim muassasasiga qurolli hujum sodir bo‘lganida o‘zini qanday tutish kerakligi haqida yo‘riqnoma ishlab chiqdi. Yangi qoidalar xavfsizlik bo‘yicha ekspertlar jamoasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan, deyiladi xabarda.
Ko‘rsatma qisqa v aniq tavsiyalar shaklida tuzilgan. Unda aytilishiga ko‘ra, o‘quvchilar va o‘quv muassasasi xodimlari o‘q ovozi eshitganda yoki qurolli odamga ko‘zi tushganda, o‘ziga eng yaqin xonaga yashirinib, eshikni to‘sib qo‘yishlari kerak.
"Avval yashirin! Iloji bo‘lsa qulflab olish mumkin bo‘lgan eng yaqin xonaga yashiring. Agar siz ofisda yoki ma’ruzalar zalida bo‘lsangiz, eshiklarni o‘zingizga qulflang va ularning oldini to‘sib qo‘ying. Buning uchun stullar, stollar va boshqa vositalardan foydalaning deylgan eslatmada.
Eshikni qulflab, deraza va eshiklardan uzoqlashing, iloji bo‘lga yerga yotib oling va 112ga qo‘ng‘iroq qilib voqea haqida xabar bering. Shundan so‘ng, o‘z yaqinlaringizga telefon yoki SMS orqali xabar berishingiz mumkin, lekin juda past ovozda gapirishingiz kerak.
Favqulodda vaziyatda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga duch kelsangiz - qullaringizni ochiq holda ularga ko‘rsating va keskin harakatlar qilmang. Tezkor yordam xodimlarning ko‘rsatmalariga amal qiling.
Eslatib o‘tamiz, 20-sentabr kuni Perm davlat milliy tadqiqot universiteti talabasi institutga qurol bilan kelib talabalarni o‘qqa tutgan edi. Ushbu hujumda olti kishi qurbon bo‘ldi. Hujumchining o‘zi ham og‘ir yarador bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0