Migrantlarni afv qilish qanchalik to‘g‘ri qaror?

Obuna bo‘lish
RMF Rossiya 150 ming o‘zbekistonlik migrantga qo‘yilgan taqiqni olib tashlaganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. “Amnistiya” qaysi tamoyil asosida qabul qilinadi va qaysi toifadagi migrantlar afv qilinishi mumkin? Xorijliklar uchun yangi yengilliklarni qachon kutish mumkin? Bu va boshqa savollarga Rossiya FA xalq xo‘jaligini prognozlashtirish instituti yetakchi ilmiy xodimi, iqtisod fanlari nomzodi Dmitriy Poletayev Sputnik agentligiga bergan ekskuziv intervyusida javob berdi.
O‘zbekiston va Tojikistondan bo‘lgan migratsiya qonunlarini buzganlarning kechirishning asosiy sabablaridan biri pandemiya keltirib chiqargan mehnat bozoridagi og‘ir vaziyat bo‘ldi. Iqtisodiyot ishchi kuchini talab qiladi, shu bois murosa qilib, jamiyat uchun xavf tug‘dirmaydigan kishilar uchun chegaralarni ochishga to‘g‘ri kelmoqda.
Migranti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2021
Rossiya 150 ming o‘zbekistonlikdan mamlakatga kirish taqiqini olib tashladi
Poletayev odatda jiddiy huquqbuzarlikni sodir etmagan migrantlar toifasi afv qilinishini tushuntirdi.
“Xorijliklarga yengilroq yondashgan sari, qonuniylik shuncha ko‘proq bo‘ladi, binobarin – ular ustidan samaraliroq nazorat bo‘ladi. Afv – bu vaqtinchalik chora, undan suiiste’mol qilmagan yaxshiroq”, - deb hisoblaydi Dmitriy Poletayev.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, muntazam ravishda xorijliklarga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish kutilgan samaranini bermaydi. U Rossiya uchun migrantlar muhimligini ta’kidladi, biroq ishchi-ish beruvchi munosabatlarini tartibga soluvchi aniq tizim darkor.
“Asta-sekinlik bilan migratsiya sohasini liberalizatsiya qilish zarur. Afv qilishga kelsak, uni 5-10 yilda bir marta e’lon qilish maqsadga muvofiq, bo‘lmasa qonunchilikning ahamiyati yo‘qoladi, jazo o‘z ma’nosi yo‘qotadi, baribir kechirishadiku degan fikr shakllanadi”, - deb o‘ylaydi ekspert.
Passajiri v aeroportu Tolmachevo v Novosibirske. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2021
Endi nima qilish kerak? Rossiya 150 ming o‘zbekistonlikka qo‘yilgan “zapret”ni bekor qildi
Poletayev 2020-yilda Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan birgalikda o‘tkazilgan tadqiqotni eslatib o‘tdi. Tadqiqot natijalari 60 foiz mingantlarning qonuniy bo‘lish bilan muammosi borligini ko‘rsatgan.
“Bu borada O‘zbekistonning tashkillashtirib jo‘natish, jumladan, vatandan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va hujjatlarni to‘plash tajribasi Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun amaliy namuna bo‘la olishi mumkin. Ammo bu yirik kompaniyalarga taalluqli. Xususiy sektorlar bunday jarayonlarni bo‘yniga ololmaydi”, - deya xulosa qildi u.
Yangiliklar lentasi
0