Madaniyat

Moskva sudi balerina Volochkovaning “Bolshoy teatr” ustidan yozgan arizasini qondirmadi

© Sputnik / Yekaterina ChesnokovaBalerina Anastasiya Volochkova
Balerina Anastasiya Volochkova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
TOSHKENT, 13 okt – Sputnik. Moskva shahar Tver rayon sudi sobiq balerina Anastasiya Volochkovaning “Bolshoy teatr” ustidan yozgan arizasini bu safar ham qondirmadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Sobiq balerina Anastasiya Volochkova “Bolshoy teatr” uni noqonuniy ishdan haydagan deb hisoblab tovon puli toʻlashni talab qilgan edi.
Volochkova oʻz Instagramida xabar qilishiga koʻra, “Bolshoy teatr” rahbariyati 2003 yilda uni “nohaq” ishdan boʻshatgan va boʻshatish vaqtida teatr unga toʻlash kerak boʻlgan pulni ham toʻlamagan. Undan tashqari 2010 yildan 2021 yilning 15 iyuniga qadar ish haqi toʻlanmasdan berilgan taʼtilni ham “noqonuniy” deb atagan. Shuningdek unga yetkazilgan “maʼnaviy zararni” ham qoplashni talab qilgan.
Maʼlumot uchun, Anastasiya Volochkova oʻz karyerasini 1994 yilda Sankt-Peterburgdagi Mariinskiy teatrida boshlagan, 1998yildan “Bolshoy”ga oʻtgan. 2003 yilda Rossiyaning eng mashhur teatri u bilan shartnomani uzaytrishishdan voz kechgan. Sabab: balerinaning vazni ortib ketgani sababli, teatrning barcha erkak raqqoslari u bilan juftlikda raqsga tushishdan voz kechgan. Shundan soʻng Volochkova “Bolshoy teatr” ustidan bir necha bor sudga murojaat qilsa-da uning arizasi qondirilmagan. 2005 yildan buyon sobiq balerina turli filmlarda suratga tushib oʻzining solo dasturlari bilan sahnaga chiqib kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala