ODKB afg‘on chegarasi yaqinida navbatdagi harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazadi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishUcheniya ODKB
Ucheniya ODKB  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2021
Obuna bo‘lish
ODKB tojik-afg‘on chegarasida navbatdagi harbiy mashqlarni o‘tkazishni rejalashtirdi.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Tojikistonda KXShT "Birgalikdagi - 2021" kollektiv kuchlarining mashqlari Afg‘oniston bilan chegara yaqinida o‘tkaziladi, deb xabar beradi KXShT Parlament Assambleyasi matbuot xizmati.
Mashg‘ulotlar 22-23 oktabr kunlari Tojikiston poligonlarida Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni harbiy-siyosiy monitoringi doirasida o‘tkaziladi.
Kuzatuvda Tashkilot mamlakatlaridan parlament a’zolari ishtirok etadi.
Voyennie ucheniya ODKB Rubej-2021 v Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2021
ODKB mashg‘ulotlari: harbiylar nimaga tayyorgarlik ko‘rishmoqda
"Mashqlar davomida parlament a’zolari KXShT davlatining chegara hududlariga bostirib kirgan terrorchi qurolli tuzilmalarni lokalizatsiya qilish va yo‘q qilish bo‘yicha harakatlarni kuzatadilar", - deyilgan xabarda.
Bu harbiy-siyosiy monitoring ishida KXShT parlamentlarining ixtisoslashgan komissiyalari - Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya va Tojikiston parlament a’zolari jalb qilinadi.
Rossiyaning Su-25 hujum samolyotlari allaqachon harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun Qirg‘izistondagi Kant aviabazasidan Tojikistonga joylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin ham oktabr oyida Tojikistonda, Afg‘oniston bilan chegara yaqinida, KXShT Kollektiv kuchlarining keng ko‘lamli mashg‘ulotlari o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi. Bu - "Birgalikdagi harakat", "Qidiruv" va "Eshelon" mashqlari. Ularga 2,7 mingdan ziyod harbiy xizmatchi va 500 dan ortiq harbiy texnika jalb qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0