Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Osiyo davlatlari jahon hamjamiyatini Afgʻonistonga yordam berishga chaqirdi

© Press-slujba MID UzbekistanaSoveщaniye po vzaimodeystviyu i meram doveriya v Azii
Soveщaniye po vzaimodeystviyu i meram doveriya v Azii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
OHICHK davlatlari Afgʻoniston brasida deklaratsiya qabul qildi: unda Afgʻonistonga yordam berish va uning terrorchi guruhlar boshpanasiga aylanishining oldini olish haqida aytib oʻtilgan.
TOSHKENT, 13 okt - Sputnik. Osiyo davlatlari jahon hamjamiyatini Afgʻonistonda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda yordam berishga chaqirdi, RIA Novosti xabariga asosan.
Bu haqida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari Kengashi (OHICHK) tashqi ishlar vazirlarining Nur-Sultonda boʻlib oʻtgan majlisida qabul qilingan deklaratsiyada qayd etilgan.
"Vazirlar xalqaro hamjamiyatni Afgʻonistonni mintaqaviy aloqalarning muhim boʻgʻiniga aylantirishga hissa qoʻshadigan, ayniqsa, transport va energetika sohasidagi yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda Afgʻonistonga yordam berishga chaqiradi", - deyiladi hujjatda.
Vazirlar "qoʻshni davlatlar tomonidan Afgʻonistonga tranzit inshootlarini taqdim etish, giyohvand moddalar savdosining oldini olish , qoʻshni davlatlardan qochqin niqobi ostida terroristik va boshqa ekstremistik elementlarning kirib kelishini oldini olish uchun barcha zarur choralarni koʻrish muhimligini" taʼkidladilar.
Shu bilan birga, vazirlar Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish va iqtisodiy taraqqiyotni muzokaralar yoʻli bilan keng koʻlamli siyosiy tartibga solish asosida tiklash - Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlik garovi ekanligini taʼkidladilar.
"Undan tashqari, vazirlar, Afgʻoniston hududi turli qochqin terrorchi guruhlar boshpanasiga aylanmasligi kerakligini taʼkidlaydilar va Afgʻonistonni qoʻshnilar bilan hamjihatlikda rivojlanayotgan, suveren va gullab-yashnagan davlat sifatida qoʻllab-quvvatlaydilar", - deyilgan bayonotda.
Maʼlumot uchun, OHICHK tashqi ishlar vazirlarining VI konferentsiyasida ishtirok etayotgan Oʻzbekiston delegatsiyasiga Abdulaziz Komilov boshchilik qilmoqda.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuv ishtirokchilari Afgʻonistondagi vaziyatdan tashqari, mintaqada xavfsizlikni taʼminlash va oʻzaro ishonchni mustahkamlash, shuningdek, pandemiyadan keyingi davrda iqtisodiy hamkorlikni ragʻbatlantirish masalalarini ham muhokama qilishgan.
OHICHK forumi Qozogʻiston tashabbusi bilan 1992 yilda tashkil etilgan edi. Uning maqsadi - Osiyoda xavfsizlikni taʼminlash borasida oʻzaro muloqotni yoʻlga qoʻyish, kerali qarorlar va chora-tadbirlarni amalga oshirish. OHICHKga mintaqaning 27 davlati aʼzo boʻlgan. Undan tashqari yana 8 mamlakat va 5ta xalqaro tashkilot kuzatuvchi sifatida qatnashadi. 2014 yildan boshlab, OHICHKning bosh qarorgohi Qozogʻiston poytaxtida joylashgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala