Osiyo davlatlari jahon hamjamiyatini Afg‘onistonga yordam berishga chaqirdi

© Press-slujba MID UzbekistanaSoveshanie po vzaimodeystviyu i meram doveriya v Azii
Soveshanie po vzaimodeystviyu i meram doveriya v Azii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2021
Obuna bo‘lish
OHIChK davlatlari Afg‘oniston brasida deklaratsiya qabul qildi: unda Afg‘onistonga yordam berish va uning terrorchi guruhlar boshpanasiga aylanishining oldini olish haqida aytib o‘tilgan.
TOShKENT, 13 okt - Sputnik. Osiyo davlatlari jahon hamjamiyatini Afg‘onistonda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda yordam berishga chaqirdi, RIA Novosti xabariga asosan.
Bu haqida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari Kengashi (OHIChK) tashqi ishlar vazirlarining Nur-Sultonda bo‘lib o‘tgan majlisida qabul qilingan deklaratsiyada qayd etilgan.
"Vazirlar xalqaro hamjamiyatni Afg‘onistonni mintaqaviy aloqalarning muhim bo‘g‘iniga aylantirishga hissa qo‘shadigan, ayniqsa, transport va energetika sohasidagi yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda Afg‘onistonga yordam berishga chaqiradi", - deyiladi hujjatda.
Vazirlar "qo‘shni davlatlar tomonidan Afg‘onistonga tranzit inshootlarini taqdim etish, giyohvand moddalar savdosining oldini olish , qo‘shni davlatlardan qochqin niqobi ostida terroristik va boshqa ekstremistik elementlarning kirib kelishini oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish muhimligini" ta’kidladilar.
Shu bilan birga, vazirlar Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va iqtisodiy taraqqiyotni muzokaralar yo‘li bilan keng ko‘lamli siyosiy tartibga solish asosida tiklash - Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlik garovi ekanligini ta’kidladilar.
"Undan tashqari, vazirlar, Afg‘oniston hududi turli qochqin terrorchi guruhlar boshpanasiga aylanmasligi kerakligini ta’kidlaydilar va Afg‘onistonni qo‘shnilar bilan hamjihatlikda rivojlanayotgan, suveren va gullab-yashnagan davlat sifatida qo‘llab-quvvatlaydilar", - deyilgan bayonotda.
Ma’lumot uchun, OHIChK tashqi ishlar vazirlarining VI konferensiyasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasiga Abdulaziz Komilov boshchilik qilmoqda.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuv ishtirokchilari Afg‘onistondagi vaziyatdan tashqari, mintaqada xavfsizlikni ta’minlash va o‘zaro ishonchni mustahkamlash, shuningdek, pandemiyadan keyingi davrda iqtisodiy hamkorlikni rag‘batlantirish masalalarini ham muhokama qilishgan.
OHIChK forumi Qozog‘iston tashabbusi bilan 1992-yilda tashkil etilgan edi. Uning maqsadi - Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash borasida o‘zaro muloqotni yo‘lga qo‘yish, kerali qarorlar va chora-tadbirlarni amalga oshirish. OHIChKga mintaqaning 27 davlati a’zo bo‘lgan. Undan tashqari yana 8 mamlakat va 5ta xalqaro tashkilot kuzatuvchi sifatida qatnashadi. 2014-yildan boshlab, OHIChKning bosh qarorgohi Qozog‘iston poytaxtida joylashgan.
Yangiliklar lentasi
0