O‘zbekiston Googlega kontent o‘chirishni so‘rab bor yo‘g‘i olti marta murojaat qilgan

© AFP 2023 / LIONEL BONAVENTURELogotip YouTube
Logotip YouTube - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston davlat idoralari Boshqa davlatlarga nisbatan Googlega juda kam so‘rov yuborgan va ushbu so‘rovlarning barchasi mualliflik huquqlari bilan bog‘liq bo‘lgan.
TOShKENT, 13-oktabr - Sputnik. O‘tgan 10-yil mobaynida O‘zbekiston hukumati Googlega ma’lumotlarni o‘chirish bo‘yicha olti marta so‘rov yubordi, deb xabar qilmoqda korpratsiya.
O‘zbekiston davlat organlari texnologik gigantdan YouTube videoxostingida joylashtirilgan 26 ta kontentni olib tashlashni so‘ragan. Barcha murojaatlar - mualliflik huquqi bilan bog‘liq bo‘lgan, - deyilgan xabarda.
Birinchi marta O‘zbekiston Google bilan 2018-yilda bog‘langan edi. O‘shanda 4ta so‘rov yuborilgan. Keyin 2019-yilda - yana ikkita so‘rov yuborilgan.
Boshqa davlatlar bilan taqqoslaganda - murojaatlar soni juda kam. Masalan: Rossiya bir necha yil davomida Googlega 123 ming marta, Turkiya - 14,2 ming marta, Hindiston - 9,9 ming marta, AQSh - 9,6 ming marta so‘rov yuborgan.
Yangiliklar lentasi
0