Jamiyat

Oʻzbekistonda jinoiy javobgarlikka tortish yoshi oʻzgarishi kutilmoqda

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovStatuya bogini pravosudiya
Statuya bogini pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
Jinoiy javobgarlikka tortish yoshi 13 yoshdan 14 yoshga koʻtarilmoqda – Kusherbayev.
TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda jinoiy javobgarlikka tortish yoshi koʻtarilishi mumkin.
Bu haqda OʻzLiDeP deputati Rasul Kusherbayev oʻz telegram kanalida post yozdi.
Avtozapravochnaya stantsiya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.10.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda benzin qimmatlashdimi? Deputat Kusherbayev narxlarni oʻrganib chiqdi
“Jinoyat kodeksiga oʻzgartirish kiritishga doir ushbu mazmundagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6275-son Farmoni muvofiq, jinoiy javobgarlikka tortishning eng kam yoshi oʻn toʻrt yosh qilib belgilash taklif etilgan edi.
Xorij mamlakatlar, xususan Germaniya, Italiya, Ispaniya, Yaponiya va MDH mamlakatlari jinoyat qonunchiligida jinoiy javobgarlikka tortishning eng kichik yoshi sifatida oʻn toʻrt hisoblanadi.
Aytish kerakki, mazkur oʻzgarishlar insonparvarlik yoʻlidagi yana bir qadam, deyish mumkin”, deb yozgan deputat.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala