Migratsiya

Rossiya hukumati RVP berishni 2 baravarga qisqartirdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishVыdacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoye projivaniye
Vыdacha vidov na jitelstvo i razresheniy na vremennoye projivaniye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
Rossiya hukumati chet elliklarga vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma berishni ikki baravarga kamaytiradi.
TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi hukumati 2022 yilda chet elliklarga vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma berish ikki baravarga kamaytiradi. Bu hamda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin imzolagan farmoyishdan maʼlum boʻldi.
"2022 yilga chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Rossiya Federatsiyasida vaqtincha yashash uchun 18 955 ta ruxsatnoma berish kvota belgilansin", - deyiladi hujjatda.
Farmoyishga asosan 2022 yilda chet elliklarga vaqtincha yashash uchun 18 955 ta ruxsatnoma beriladi. 2021 yilda bu kvota 39 325 ta ruxsatnomani tashkil etgandi.
Qayd etilishicha, 2022 yil uchun eng koʻp ruxsatnomalar kvotasini Moskva (1,5 ming), Moskva viloyati (1250) va Sankt-Peterburg (600) oldi.
Shu yilning iyul oyida Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi qonun loyihasini ishlab chiqdi, unga muvofiq Rossiyada vaqtincha yashash ruxsatnomasini bekor qilish va uni yagona elektron hujjat (ID-karta) bilan almashtirish rejalashtirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala