Rossiya

Rossiya iqtisodiyotda hech qanday quroldan foydalanmaydi – Putin

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
TOSHKENT, 13 okt – Sputnik. Rossiya hech qanday quroldan foydalanmaydi, iqtisodiyotda esa bu umuman istisno qilinadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin maʼlum qildi.
Rossiya rahbari chorshanba kuni “Rossiya energetika haftasi” forumining yalpi majlisida ishtirok etdi. Yalpi majlis moderatori, CNBC boshlovchisi Xedli Gembl Vladimir Putinga Rossiya energiyadan qurol sifatida foydalanadimi degan savol bilan yuzlandi.
“Agar eʼtibor bergan boʻlsangiz, Rossiya umuman hech qanday quroldan foydalanmaydi”, - deya javob berdi Putin. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
“Qayerda biz quroldan foydalanyapmiz? Qaysi mojarolarda ishtirok etyapmiz? Iqtisodiyotga toʻxtaladigan boʻlsak, bu umuman istisno qilinadi”, - deb qoʻshimcha qildi Rossiya rahbari.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala