Jamiyat

Rossiyadan Toshkentga metro vagonlarining navbatdagi partiyasi keladi

© Sputnik / Anton DenisovOtpravka pervoy partii vagonov metro v Uzbekistan
Otpravka pervoy partii vagonov metro v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
Bu vagonlardan Toshkentda 4 ta vagonli 5 ta metro poyezdi shakllantiriladi.
TOSHKENT, 13 okt – Sputnik. Rossiyaning “Transmashxolding” xoldingi 13 oktyabr kuni Toshkent shahriga yangi metro vagonlarining navbatdagi partiyasini yubordi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi metro vagonlarining barchasi Toshkent metrosining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan. Bu vagonlardan Toshkentda 4 ta vagonli 5 ta metro poyezdi shakllantiriladi. Endilikda Toshkent metropolitenida zamonaviy poyezdlar soni jami 60 vagonni, yaʼni 15 ta toʻrt vagonli poyezdni tashkil etadi.
V Tashkent pri podderjke VEB.RF otpravlenы 20 novыx vagonov metro TMX - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2021
Iqtisod
Rossiyadan Oʻzbekistonga 20 ta zamonaviy metro vagonlari yuborildi
“Metrovagonmash” va “Toshkent metropoliteni” 40 ta metro vagonini ishlab chiqarish boʻyicha shartnomani 2021 yilning aprel oyida imzolangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala