Dunyoda

Siyosatshunos AQShdagi Rossiyaga qarshi sanktsiyalar borasidagi chaqiriqlar yuzasidan fikr bildirdi

© AP Photo / Alex BrandonKapitoliy
Kapitoliy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov amerikalik qonun chiqaruvchilarning Rossiya bilan munosabatlarni buzishga boʻlgan urinishlari haqida maʼlum qildi. Sputnik radiosi efirida siyosatshunos Pavel Tarusin bu boradagi fikrlarini bildirib oʻtdi.
TOSHKENT, 13 okt – Sputnik. Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov amerikalik senatorlarning yana 35 nafar Rossiya fuqarosiga qarshi sanktsiya qoʻllash haqidagi yangi taklifiga munosabat bildirdi.
Antonovning soʻzlariga koʻra, AQShda bunday vasvasa bilan Rossiya-Amerika munosabatlarini buzishga boʻlgan urinishlar taajjubga sabab boʻlmoqda.
“Mutlaqo uydirma bahonalar bilan 35 nafar rossiyalikka cheklov choralarini qoʻllashga yangi urinish – buning yaqqol dadili”, - deyiladi Antonovning Facebook᾽dagi izohida.
Diplomatning soʻzlariga koʻra, Kapitoliyda bunday xatti-harakatlar bilan mamlakatning dolzarb muammolarini hal qilish bilan shugʻullanish oʻrniga oʻzlari oʻylab chiqargan “Amerika dushmanlariga qarshi kurashish” xom xayolini yaratishmoqchi.
Sputnik radiosi efirida siyosatshunos, MGU davlat boshqaruvi fakulteti oʻqituvchisi Pavel Tarusin amerikalik senatorlarning xatti-harakatlarini masʼuliyatsizlarcha qilingan qaror deb atadi.
“Bu chaqiriqlar, ular normal emas. Ularni umuman masʼuliyatsiz boʻlgan kishilar aytishadi. Ular tashqi siyosat natijalari uchun hech qanday masʼuliyatga ega emaslar. Ular xohlagan narsalarini gapirishlari mumkin”, - deydi Tarusin.
Shu bilan birga, siyosatshunos AQShning tashqi siyosati kongress emas, balki prezident belgilashini qayd etdi.
“Bu tavsiyalar shartli xususiyatga ega. Lekin Vashington, bir koʻryapmizki, sogʻlom fikrga ega. Nuland (AQSH davlat kotibining yordamchisi Viktoriya) keldi, muzokaralar olib borilmoqda. Toʻgʻri, ogʻir. Lekin ular davom ettiriladi. Oʻylaymanki, munosabatlarda qandaydir konstruktiv oʻrnatiladi, zero bu ham Rossiya, ham AQSH manfaatlariga xizmat qiladi. Boʻlmasa jahon miqyosidagi muammolarni yolgʻiz, bir-birini tushunmasdan hal etish juda mushkul boʻladi”, - deb taʼkidladi Pavel Tarusin.
Pomoщnik gossekretarya SSHA Viktoriya Nuland v Kiyeve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.10.2021
Kolumnistlar
Qamchi yoki pechenye: Viktoriya Nuland Rossiyaga nima bilan kelmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala