Siyosatshunos AQShdagi Rossiyaga qarshi sanksiyalar borasidagi chaqiriqlar yuzasidan fikr bildirdi

© AP Photo / Alex BrandonKapitoliy
Kapitoliy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov amerikalik qonun chiqaruvchilarning Rossiya bilan munosabatlarni buzishga bo‘lgan urinishlari haqida ma’lum qildi. Sputnik radiosi efirida siyosatshunos Pavel Tarusin bu boradagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov amerikalik senatorlarning yana 35 nafar Rossiya fuqarosiga qarshi sanksiya qo‘llash haqidagi yangi taklifiga munosabat bildirdi.
Antonovning so‘zlariga ko‘ra, AQShda bunday vasvasa bilan Rossiya-Amerika munosabatlarini buzishga bo‘lgan urinishlar taajjubga sabab bo‘lmoqda.
“Mutlaqo uydirma bahonalar bilan 35 nafar rossiyalikka cheklov choralarini qo‘llashga yangi urinish – buning yaqqol dadili”, - deyiladi Antonovning Facebook᾽dagi izohida.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Kapitoliyda bunday xatti-harakatlar bilan mamlakatning dolzarb muammolarini hal qilish bilan shug‘ullanish o‘rniga o‘zlari o‘ylab chiqargan “Amerika dushmanlariga qarshi kurashish” xom xayolini yaratishmoqchi.
Sputnik radiosi efirida siyosatshunos, MGU davlat boshqaruvi fakulteti o‘qituvchisi Pavel Tarusin amerikalik senatorlarning xatti-harakatlarini mas’uliyatsizlarcha qilingan qaror deb atadi.
“Bu chaqiriqlar, ular normal emas. Ularni umuman mas’uliyatsiz bo‘lgan kishilar aytishadi. Ular tashqi siyosat natijalari uchun hech qanday mas’uliyatga ega emaslar. Ular xohlagan narsalarini gapirishlari mumkin”, - deydi Tarusin.
Shu bilan birga, siyosatshunos AQShning tashqi siyosati kongress emas, balki prezident belgilashini qayd etdi.
“Bu tavsiyalar shartli xususiyatga ega. Lekin Vashington, bir ko‘rapmizki, sog‘lom fikrga ega. Nuland (AQSh davlat kotibining yordamchisi Viktoriya) keldi, muzokaralar olib borilmoqda. To‘g‘ri, og‘ir. Lekin ular davom ettiriladi. O‘ylaymanki, munosabatlarda qandaydir konstruktiv o‘rnatiladi, zero bu ham Rossiya, ham AQSh manfaatlariga xizmat qiladi. Bo‘lmasa jahon miqyosidagi muammolarni yolg‘iz, bir-birini tushunmasdan hal etish juda mushkul bo‘ladi”, - deb ta’kidladi Pavel Tarusin.
Pomoshnik gossekretarya SShA Viktoriya Nuland  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2021
Qamchi yoki pechenye: Viktoriya Nuland Rossiyaga nima bilan kelmoqda
Yangiliklar lentasi
0