Tanzila Norboyeva Sankt-Peterburgdagi forumda ishtirok etadi

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaPredsedatel Senata Oliy Majlisa Tanzila Narbayeva
Predsedatel Senata Oliy Majlisa Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2021
Obuna bo‘lish
13-15-oktabr kunlari Sankt-Peterburgda “Xotin-qizlar: yangi voqelikdagi global missiya” forumi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya “Xotin-qizlar: yangi voqelikdagi global missiya” forumida ishtirok etish uchun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar bermoqda.
13-15-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan bu forum zamonaviy dunyodagi ayollarning rolini muhokama qilish va global muammolarni hal etishda umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish uchun yetakchi ayollarni birlashtiradigan eng yirik xalqaro maydon hisoblanadi.
“Delegatsiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lishi davomida Rossiya Federatsiyasi parlamenti, shuningdek, xalqaro tuzilmalar va tashkilotlar rahbarlari bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi nazarda tutilgan”, - deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, delegatsiyaning “Xotin-qizlarning tinchlik va ishonch diplomatiyasini rivojlantirishdagi missiyasi” parlamentlararo muloqotning yalpi majlisida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Qayd etish joizki, O‘zbekiston parlamenti xotin-qizlar soni bo‘yicha dunyodagi 190 ta milliy parlament o‘rtasida 37-o‘ringa ko‘tarilgan. Bugungi kunda siyosiy partiyalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ulushi 44 foizga, boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga yetgan.
Yangiliklar lentasi
0