Tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun litsenziya talab qilinmasligi belgilandi

© Pixabay / Rudy and Peter SkitteriansTabletka, illyustrativnoe foto
Tabletka, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2021
Obuna bo‘lish
Qonunda farmatsevtika faoliyatining ayrim yo‘nalishlariga litsenziya olish talab qilinmasligi belgilandi.
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Prezident O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Qonunga muvofiq, ayrim litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan ruxsatnoma va xabardor qilish orqali shug‘ullanishga ruxsat berilganligi munosabati bilan bir qator qonunlarda litsenziya talabi bekor qilindi.
Shunga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga xabardor qilish yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat bilan xabarnoma yubormasdan yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shug‘ullanish juda ko‘p miqdorda daromad olish bilan bog‘liq bo‘lganida jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishiga oid javobgarlik kiritildi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida ham mazkur harakatlar uchun javobgarlik choralari belgilandi.
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda farmatsevtika faoliyatining quyidagi yo‘nalishlariga litsenziya olish talab qilinmasligi belgilandi:
tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ulgurji realizatsiya qilish;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha
ilmiy-tadqiqot ishlari;
dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish;
dorivor o‘simlik xomashosini qadoqlash va ulgurji sotish.
Chempionat WorldSkills Kazan 2019 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2021
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida mustaqil hamshiralik bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi
Yangiliklar lentasi
0