Rossiya

AQSH va NATO harbiy infratuzilmasini MOda joylashtirish Rossiya uchun mutlaqo nomaqbul – RF TIV

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishZdaniye Ministerstva inostrannыx del RF
Zdaniye Ministerstva inostrannыx del RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSH Davlat kotibi oʻrinbosari Viktoriya Nuland bilan oʻtkazilgan muzokaralar haqida bayonot berdi.
TOSHKENT, 14 okt — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligida AQSH Davlat kotibi oʻrinbosari Viktoriya Nuland bilan oʻtkazilgan muzokaralar foydali, oʻz vaqtida va ochiq boʻlib oʻtdi. Bu haqda RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova maʼlum qildi.
Shtab-kvartira Ministerstva oboronы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Pentagon Oʻzbekistonda "aksilterror" bazalarni joylashtirmoqchi - OAV
"Rossiya Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sergey Ryabkov bilan maslahatlashuvlar natijalariga koʻra, unda mudofaa vaziri oʻrinbosari general-polkovnik Aleksandr Fomin ham ishtirok etdi, shuningdek, boshqa rasmiylar bilan boʻlgan suhbatlar natijalariga koʻra, ikki tomonlama munosabatlarda inqiroz salohiyati davom etayotganiga qaramay, Moskva va Vashington oʻzaro munosabatlarni barqaror va bashoratli qilish uchun muloqotni davom ettirish istagida” - deb qoʻshimcha qildi Zaxarova.
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya tomonining tashabbusi bilan Rossiya chegaralari yaqinida - birinchi navbatda Sharqiy Yevropada, Qora dengizda NATOning xavfli faollashi, AUKUSni yaratish masalalari koʻtarildi.
Shuningdek, Viktoriya Nulandga AQSH va NATOning harbiy infratuzilmasini Markaziy Osiyoda joylashtirish Rossiya uchun mutlaqo nomaqbul deb aytildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala