Rossiya

FXX terrorchilarni moliyalashtirgan 14 kishini qoʻlga oldi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishFSB Rossii
FSB Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
FXX: Rossiyaning 7ta hududida taqiqlangan "Hayyat Tahrir ash-Shom" tashkiloti terrorchilarini moliyalashtirish bilan shugʻullangan 14 kishi qoʻlga olindi.
TOSHKENT, 14 okt — Sputnik. FXX RFning yettita hududida "Hayyat Tahrir ash-Shom”* terrorchilik guruhini moliyalashtirish bilan shugʻullangan 14 kishini hibsga oldi.
"FXX Moskva, Dogʻiston Respublikasi, Xabarovsk oʻlkasi, Kurgan, Penza, Ulyanovsk va Samara viloyatlarida Rossiyada taqiqlangan Suriya Arab Respublikasida faoliyat koʻrsatuvchi "Hayyat Tahrir ash-Shom”* xalqaro terroristik tashkilotini moliyalashtirish bilan shugʻullangan 14 kishini hibsga oldi", - deyilgan xabarda.
Huquq-tartibot organ xodimlari jangarilarni moliyalashtirishda ishtirok etgan shaxslarni aniqladi, tintuvlar chogʻida aloqa vositalari, toʻlov vositalari, shuningdek diniy ekstremistik adabiyotlar olib qoʻyildi.
Taʼkidlanishicha, hibsga olingan besh kishiga nisbatan terrorizmga yordam berish boʻyicha jinoyat ishlari ochildi.
"Hayyat Tahrir ash-Shom”*-Suriyadagi fuqarolar urushida qatnashgan radikal islomiy guruhlardan biri. U 2017 yilda "Jabhat Fath ash-Shom”* (Jabhat an-Nusra)* bazasida yaratilgan.
* Rossiya hududida taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala