Siyosat

Kamilov MDH TIVK yigʻilishida ishtirok etdi. Vazirlar nimalarga kelishib olishdi

© Press-slujba MID UzbekistanaGlava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov prinyal uchastiye v ocherednom zasedaniye SMID SNG
Glava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov prinyal uchastiye v ocherednom zasedaniye SMID SNG - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
Minskda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Belarus poytaxti Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Tashqi ishlar vazirlari Kengashi (MDH TIVK)ning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
13-14 oktyabr kunlari boʻlib oʻtgan tadbirda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari xalqaro kun tartibi va Hamdoʻstlik doirasidagi hamkorliking dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Taʼkidlanishicha, MDHga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashi boʻlajak majlisining tashkiliy va mazmuniy jihatlari, jumladan, sammitda koʻrib chiqiladigan qator koʻp tomonlama hujjatlar loyihalari muhokama qilindi va kelishildi.
Uchrashuv yakunida MDHga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Biologik va zaharli qurollarini taqiqlash toʻgʻrisidagi Konventsiyani mustahkamlash toʻgʻrisidagi Qoʻshma bayonoti qabul qilindi, MDHga aʼzo davlatlar tarixchilari va arxivshunoslarining xalqaro uyushmasi (komissiyasi) toʻgʻrisidagi Nizom hamda MHD doirasida 2022 yilda oʻtkaziladigan koʻp darajali tashqi ishlar idoralari oʻrtasidagi maslahatlashuvlar rejasi va boshqa hujjatlar tasdiqlandi.
Flagi stran-uchastnits YEAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.10.2021
Iqtisod
Mirziyoyev YEOII va MDH sammitlarida nutq soʻzlaydi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala