Video

Putin navbatdagi prezident saylovi, dollar va kriptovalyuta haqidagi savollarga javob berdi

Rossiya prezidenti 2024 yildagi prezident saylovida oʻz nomzodini qoʻyish-qoʻymasligini hali bilmasligini xabar qildi.
TOSHKENT, 14 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerikaning CNBC telekanali jurnalistining savollariga javob berdi.

"Hozircha hech qanday qaror qabul qilingani yoʻq"

Navbatdagi saylov haqida davlat rahbari ushbu masalada shoshilmaslik kerakligini maʼlum qildi.
"Bu mening anʼanaviy javobim. Navabdagi saylovgacha hali vaqt yetarli. Ushbu mavzudagi har xil gaplar vaziyatni beqaror qiladi. Barcha davlat organlari xotirjam ishlashi, kelajakka ishonch bilan qarashlari uchun mamlakatda vaziyat barqaror boʻlishi kerak", - dedi prezident.
Putin ikkinchi muddatga saylanish huquqi borligini, lekin hozircha bu borada hech qanday qaror qabul qilinmaganini maʼlum qildi.

Dollar istiqboli haqida

Vladimir Putin fikriga koʻra, dollarning umumjahon valyutasi sifatida obroʻyi kun sayin tushib ketmoqda. Dollarni sanktsiya aspobi sifatida qoʻllayotgan AQSH esa, katta xatoga yoʻl qoʻymoqda.
"Ushbu vazyaiyatda , AQSH oʻzlari oʻtirgan shoxni oʻzlari kesmoqda deyish mumkin. Dollar universal dunyo valyutasi sifatida beqiyos qimmatga ega, lekin AQSH bir damlik siyosiy konʼyunktura deb oʻzining strategik manfaatlariga putr yetkazmoqda", - dedi Rossiya rahbari.
Rossiya prezidenti aytishiga koʻra, dunyoda dollarda olib borilayotgan hisob-kitoblar hajmi tobora kamayib bormoqda. Rossiya ham oʻz hisob-kitoblarida dollardan kamroq foydalishgaharakat qilmoqda. Neft savdosida dollardan foydalanish - hozircha bizn qoniqtiradi.
Putin aytishiga koʻra, AQSH iqtisodi sogʻlomligi butug dunyo iqtisodiga taʼsir qiladi. Rossiya dunyo iqtisodi barqaror boʻlishidan manfaatdor.

Kriptovalyuta haqida

Kriptovalyuta hisob-kitob birligi boʻlishi mumkin, dedi Putin. Uning yordamida mablagʻlarni bir joydan ikkinchi joyga koʻchirish mumkin, lekin energiya resurslari savdosida undan foydalanishga hali erta menimcha, dedi Putin.
Davlat rahbarining soʻzlarga koʻra, kriptovalyuta hech narsa bilan taʼminlanmagan, lekin "mavjud boʻlishga haqli".
"Biz ushbu bozor qanchalik tebranayotganini koʻrib turibmiz. Biz uni kuzatishda davom etamiz. Balkim keljakda u jamgʻarma vositasiga aylanar. Hozircha erta", - dedi Putin.

AUKUS bloki haqida

AUKUS (Avstraliya, Britaniya, AQSH) kabi harbiy bloklar tashkil etilishi hududiy barqarorlikni barbod qiladi, dedi prezident.
"Menimcha oʻzaro doʻstlashish - bu yaxshi, lekin "birovga qarshi doʻstlashish" - bu yomon. Bu barchamiz bugun hamxoʻrlik qilayotgan, dunyo barqarorligiga putr yetkazadi.
Prezident dunyoda vaziyat kutilmagan stsenariy boʻyicha rivojlanmasligiga va hududda qoʻshimcha tanglik yuzaga kelmasligiga umid bildirdi.

Navalniy haqida

Rossiya hukumati hech kim uchun alohida sharoit yaratib bermaydi, jumladan siyosiy faoliyat ortiga berkinishga harakat qilayotgan qonunbuzarlar uchun ham, dedi Putin Navalnыy haqidagi savolga javoban.
"Siz gapirgan fuqaro ozodlikni mahrum qilish joyida", - dedi Putin.
Moskva shahar sudi 2 fevral kuni shartli qamoq jazosini oʻtash shartlariga amal qilmagani uchun Navalniyning qamoq jazosini 3,5 yil umumtartibiy koloniya muddatiga almashtirgan edi. Ayni damda u qamoqxonada jazo oʻtamoqda.
Intervyuning toʻliq shakli bilan videolavhamizda tanishing.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala