Siyosat

Mirziyoyev YEOII sammitida qanday takliflarni ilgari surdi

© YEEKFlagi stran YEAES
Flagi stran YEAES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdan tashqari majlisida kuzatuvchi maqomida nutq soʻzladi.
TOSHKENT, 14 okt — Sputnik. Bugun Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdan tashqari majlisida kuzatuvchi maqomida nutq soʻzladi.
Oʻzbekiston yetakchisi oʻz nutqida YEOII bilan amaliy hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilab berdi:
- savdo-iqtisodiy aloqalarni oshirish. Savdo toʻsiqlarini bartaraf etish, qoida va standartlarni uygʻunlashtirish boʻyicha yoʻl xaritasini ishlab chiqish;
- sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish orqali mintaqalararo qoʻshilgan qiymat zanjirlarini yaratish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish. “Innoprom” koʻrgazmasi har yili oʻtkaziladi;
- transport koridorlari va logistika infratuzilmasini takomillashtirish;
- oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va YEOII davlatlarining raqobatbardosh ustunliklari asosida bu sohada oʻzaro hamkorlik qilishning yangi nuqtalarini izlash.
- tezlashtirilgan raqamlashtirish va elektron tijoratni kengaytirish. Tajriba va ilgʻor texnologiyalar bilan oʻzaroalmashish.
- Orolboʻyida mintaqasidagi qoʻshma loyihalar va iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish sohasidagi muvofiqlashtiruv.
Oʻzbekiston YEOII huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini oʻtgan yil dekabr oyida berilgan. Joriy yil aprel oyida Oʻzbekiston hukumati va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum hamda 2021-2023 yillarga moʻljallangan qoʻshma tadbirlar rejasi qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala