Iqtisod

“UzAuto Motors” avtomobillarni nima sababdan don omborida saqlamoqda

© Sputnik / Igor Chuprin / Fotobankka oʻtishZapusk proizvodstva Chevrolet Lacettii avtokontsernom General Motors v Kaliningrade
Zapusk proizvodstva Chevrolet Lacettii avtokontsernom General Motors v Kaliningrade - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
Kompaniya UzAuto Motors ushbu detalni olishi bilanoq, uni avtomobillarga oʻrnatadi va xaridorga topshirishini bildirgan.
TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. "UzAuto Motors" kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda "Chevrolet Lacetti" avtomobillari don ombori hududiga joylashtirilayotgani toʻgʻrisida tarqalgan xabarlar yuzasidan maʼlumot berdi.
Kompaniya matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, ushbu avtomobillar tayyor, ammo ularda yarimoʻtkazgich detali mavjud emas.
“Toʻgʻri, shu kabi vaziyatlar mavjud. Gap shundaki, kompaniya kuniga 250—300 dona “Chevrolet Lacetti” avtomobilini ishlab chiqaradi. Biz ushbu avtomobillarni yarimoʻtkazgich detalining yoʻqligi sababli oʻz egalariga topshirolmaymiz. Avtomobil tayyor, ammo birgina detalning yoʻqligi qaysidir tizimning ishlamasligiga sabab boʻladi. Masalan, xavfsizlik yostiqchalari”, - deyiladi xabarda.
Kompaniya "UzAuto Motors" ushbu detalni olishi bilanoq, uni avtomobillarga oʻrnatishi va xaridorga topshirishini bildirgan.
“Bu tayyor, ammo sotib boʻlmaydigan avtomobillar zavoddagi tayyor mahsulot uchun ajratilgan joyni toʻldirib boʻlishdi. Mana shu sabab bilan “UzAuto Motors” “Oʻzdonmahsulot” bilan avtomobillarni korxona hududida vaqtincha saqlash toʻgʻrisida shartnoma tuzdi”, — deya qayd etiladi xabarda.

AO UzAuto Motors obʼyavlyayet o starte prodaj chetыrex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.10.2021
Iqtisod
“UzAuto Motors” “Lacetti” ishlab chiqarish hajmini 12,5 foizga oshirdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala