Sport

Yil boshidan buyon 7 nafar sportchida doping aniqlandi -OʻMAA

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishDoping-kontrol
Doping-kontrol - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
2021 yilning 9 oyida Oʻzbekistonlik sportchilardan 7 nafarida doping aniqlandi, ulardan 3 nafari xalqaro musobaqa ishtirokchisi boʻlgan.
TOSHKENT, 14 okt - Sputnik. Yil boshidan buyon 7 nafar sportchi doping isteʼmol qilgani aniqlandi deb xabar qildi AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi axborot xizmati rahbari Humoyun Omonov.
Xabarda aytilishiga koʻra, 2021 yilning 9 oyi davomida barcha sport turlari boʻyicha sportchilardan 312 ta doping-sinamalar olingan va 4 nafar sportchi taqiqlangan modda isteʼmol qilganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, 3ta xalqaro musobaqalarda ham doping-sinamalarni olish Agentlikka ishonib topshirildi. Bunda 41 ta sportchilarda tekshiruvdan oʻtkazilib, ularning 3 nafari taqiqlangan modda isteʼmol qilganligi maʼlum boʻldi.
Tokio-2020 yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari davomida oʻzbekistonlik sportchilardan jami 16 ta doping-sinama olinib, ulardan 11 tasi musobaqadan oldin va 5 tasi musobaqa davriga toʻgʻri kelgan.
Paralimpiya sportchilardan jami 39 ta doping-sinama olinib, ulardan 21 tasi musobaqadan oldin va 18 tasi musobaqa davriga toʻgʻri kelgan.
Eslatib oʻtamiz, OʻMAA Tokio Olimpaiadasidan oldin, 2020 yilning aprel oyida sportchilarga doping isteʼmol qilmaslik haqida jiddiy ogohlantirish bergan edi. Xususan, agentlik antidoping laboratoriyalarning zamonaviy usullari yordamida 3-4, hattoki 7-8 yil avval isteʼmol qilingan doping-moddalari aniqlash imkoni borligini va sportchilarni oʻz mahorati va kuchiga ishonishga daʼvat qilgan edi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi, Umumjahon antidoping agentligi (WADA) bilan olib borilgan muzokaralardan soʻng 2018 yilning fevral oyida tashkil qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala