Aholining 33 % kamida ikki doza vaksina olishga ulgurdi - Sanepidemxizmat

© SputnikVaksinatsiya ot koronavirusa v Tadjikistane
Vaksinatsiya ot koronavirusa v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga jami 28,4 million doza vaksina olib kelingan va undan 22,9 dozasi qo‘llanib bo‘lingan.
TOShKENT 15 okt – Sputnik. O‘zbekistonda bugungi kun holatiga emlanuvchilarning 33% kamida ikki doza vaksina oldi, deb xabar qildi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbarlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida. Sputnik muxbiri xabariga asoan
Hisobotda aytilishiga ko‘ra, bugungi kunga qadar O‘zbekistonga jami 28 487 988 doza koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olib kelingan va undan 22 956 058 dozasini qo‘llanishga ulgurilgan.
Respublikada 18 yoshdan yuqori bo‘lgan emlanuvchilar soni 21 455 214 nafarni tashkil qiladi va bugungi kunga ularga quyidagicha vaksina qo‘llanilgan:
1-doza - 12 414 142 kishiga (57%);
2-doza - 7 244 022 kishiga (33%);
3-doza - 3 297 894 kishiga (15%) .
Eslatib o‘tmiz, bugungi kunda O‘zbekistonda asosan 5 ta vaksina qo‘llanilmoqda: ZF-UZ-VAC, AstraZeneca, Sputnik V, Moderna va Pfizer vaksinalari.
Oliy Majlis Aholi salomatligini mustahkamlash komissiyasi ma’lum qilishiga ko‘ra so‘nggi kunlarda koronavirus bolalar, shu jumladan maktab o‘quvchilari orasida ham tarqalmoqda. Koronavirusga qarshi emlash tadbirlari hamma joylarda ham samarali tashkil etilmayotgani aytib o‘tildi.
Yangiliklar lentasi
0