G‘arb urushda yengilsa-da, qarzini to‘lashdan bosh tortayapti

© REUTERS / Saeed Ali Achakzai Semya iz Afganistana na kontrolno-propusknom punkte "Vorota drujbi" v pakistano-afganskom pogranichnom gorode Chaman, Pakistan
Semya iz Afganistana na kontrolno-propusknom punkte Vorota drujbi v pakistano-afganskom pogranichnom gorode Chaman, Pakistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2021
Obuna bo‘lish
G‘arb davlatlari Afg‘onistonga real yordam berish o‘rniga turli ta’qiqlar qo‘ymoqda. Ular yangi afg‘on hukumatini yana o‘z talablariga bo‘y so‘ndirmoqchi.
“Katta yigirmatalikning” Afg‘oniston bo‘yicha bo‘lib o‘tgan maxsus sammitida g‘arb yetakchilari ushbu davlatga xaos va ochlik tahdid solayotgani va “hukumat qulashini” va “ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan aholining qo‘shni davlatlarga migratsiyasini” oldini olish uchun bechora Afg‘onistonga yordam berish kerakligi haqida juda ko‘p gapirishdi.
Xo‘sh, yordam berish kerak bo‘lsa – yordam beringlar, axir aynan G‘arb Afg‘onistonni 20-yil davomida okkupatsiya qilgan edi, demak bugun yuzaga kelgan vaziyat uchun aynan G‘arb javobgar.
Lekin shu joyida bema’nilik teatri boshlanadi: Italiya tashqi ishlar vaziri Luidji Di Mayo “toliblarga pul bermasdan turib davlatni moliyalashtirish yo‘lini topish kerak” dedi. Ya’ni, keling afg‘onlarga yordam beraylik, lekin mamlakatdagi yangi hukumatni tan olmaymiz dedi. Buni afg‘onlar va sog‘lom fikr ustidan kulish deyish mumkin xolos.
G‘arb BMT tuzilmalari orqali yordam berishga chaqirmoqda. BMT mamlakatda barcha ishni nazorat qilsin deyishmoqda. Lekin hukumati tan olinmagan davlatda hech qanday xalqaro tashkilotlar ishlay olmaydi. Buning uchun Tolibon* hukumatini tan olish kerak.
Afg‘oniston chet el yordamisiz ham kun ko‘rishi mumkinmi? Aferikaliklar o‘tqazgan hukumat nafaqat ularning qurollari, balkim ularning pullari yordamida ham o‘z joyida o‘tirgan edi. Davlat xarajatlarning 4/3 qismi xorijiy yordam evaziga qoplanar edi. Ashraf G‘ani hukumati qulaganidan va amerikaliklar bilan hamkorlik qilgan minglab kishilarning mamlakatdan qochishidan so‘ng zo‘rg‘a ishlayotgan bank tizimi ham quladi.
Afg‘onistonda mustaqil davlat institutlari va mustaqil iqtisod qurish kerak. Buning uchun real yordam kerak. Afg‘onistonni yagona, kuchli va mustaqil davlat sifatida ko‘rishni istaganlar ana shunday yordam ko‘rsatishi kerak.

G‘arb munosabati

G‘arb nima qilayapti? AQSh 9,5 milliard afg‘on mablag‘larini muzlatib qo‘ygan. Ustiga ustak YeI tomonidan ajratilgan 1 mlrd va AQShning 300 mln. dollar gumanitar yordamini olish uchun Qobulga shartlar qo‘ymoqda. 20-yillik okkupatsiyadan so‘ng Afg‘onistonda mag‘lubiyatga uchragan G‘arb – uning yangi hukumatiga ham o‘z hukmini o‘tkazmoqchi bo‘layapti. Demak - G‘arbning Afg‘onistonga munosabatida hech narsa o‘zgarmabdi.
“Xalqaro hamjamiyat afg‘on xalqiga orqa o‘giib, uni taqdir taqozosiga tashlab qo‘ya olmaydi”, - dedi Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on. Lekin G‘arb, to‘da-to‘da qochqinlar kelishidan qo‘rqmaganida, aynan shunday qilgan bo‘lardi. (Aslida Afg‘onistondan qochqinlar kelishi bo‘rttirib yuborilgan afsona, lekin G‘arb - o‘z vahimalariga ishonadi). Shuning uchun ular Afg‘onistonni shunchalik esdan chiqarib yuborish yoki uni izolyatsiya qilishning imkoni yo‘q – unga qandaydir munosabat bildirish kerak.
Sog‘lom munosabat - yangi hukumatni tan olish, sanksiyalarni olib tashlash va muzlatilgan davlat mablag‘laridan foydalanishga ruxsat berish. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarga (birinchi navbatda islomiy davlatlardan kirib kelayotgan) ruxsat berish, mamlakatni turli hududlararo loyihalarga qo‘shishga ko‘maklashish - bo‘lardi.
Lekin G‘arb bularning birortasini bajargani yo‘q, buning o‘rniga ular yangi hukumat oldiga ID*ga qarshi kurash, inson huquqlarini saqlash, ayollar va kichik millatlar teng huquqligi va boshqa talablar qo‘yishmoqda. Xullas, G‘arb yana o‘z talablariga javob beradigan hukumat yaratilishini talab qilmoqda.
Tolibon* IDga qarshi kurashishni allaqachon boshlagan, ayollar huquqlarini ham shariat doirasida saqlashga, o‘zbek, tojik, hazoralarni bo‘lajak hukumat tarkibiga qo‘shishga tayyor. Lekin bu ishlarni ularning o‘zi mustaqil ravishda bajarmoqchi, tashqi bosim ostida emas.
Tolibon* hukumatining tashqi ishlar vaziri Amir Xan Muttaki aytishiga ko‘ra, “Tolibon* shu kunga qadar ID* muammosini juda muvaffaqiyatli hal qilib kelmoqda”, lekin xalqaro hamjamiyat tomonidan Tolibon*ga bosim o‘tkazish faqat ID*ga yordam beradi. “Bosim o‘tkazish o‘rniga dunyo biz bilan hamkorlik qilishi kerak”.
Darhaqiqat xorijiy diktatura ushbu vaziyatda ayni qarama-qarshi natijaga olib kelishi mumkin. Qonuniy hukumat sifatida tan olinmagan va dunyo arenasida bloklangan Tolibon* 1996-2001 yillarda bo‘lgani kabi, o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qoladi. Dunyo hamjamiyatiga integratsiyadan umidini uzadi. Ana shunda ular “Bu kofirlandan hech qanday yaxshilik kutib bo‘lmaydi - ular faqat agressiya va qo‘pol diktaturaga qodir” deb o‘ylab, butun dunyoga orqa o‘grishi mumkin.

"Moskva formati"

Yaxshiyamki, dunyo faqat G‘arbdan iborat emas va ayni damda Afg‘oniston boshqa kuchlar ta’siri ostiga o‘tgan. “Katta yigirmatalik”ning Afg‘oniston bo‘yicha sammitida Xitoy va Rossiya rahbarlari ishtirok etmagani ham bejiz emas. Chunki ularning ushbu muammoga munosabati butunlay boshqacha.
Gap shundaki, Moskva ham Pekin ham har doim G‘arbning afg‘on xalqi oldida qarzi borligini eslatib kelishgan. Ya’ni G‘arb Afg‘onistonni qayta tiklashda ishtirok etishi shart. Albatta bu ko‘proq siyosiy nuqtayi nazar. Uning maqsadi - atlantistlarga Afg‘oniston bugungi kunda yuz tutayotgan muammolar uchun aynan ular javobgar ekanini eslatib turishdir. Real hayotda esa, ruslar ham xitoyliklar ham u yerda yirik G‘arb investitsiyalarini kutayotgani yo‘q. Afg‘onistonni tiklash uchun Osiyoning o‘zida ham pul topiladi. Birinchi navbatda – arab qa xitoy mablag‘lari. Lekin ular yetib kelishi va Afg‘onistonni jahon iqtisodiyotiga qo‘shish uchun, Tolibon* hukumatini tan olish va mamlakatni tiklashdan manfaatdor davlatlar bilan ishlashni boshlash kerak.
Shuning uchun ham kelgusi haftada Moskvada Afg‘oniston bo‘yicha muhim uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Sergey Lavrov ushbu uchrashuvni allaqachon Afg‘onistonni tiklash uchun xalqaro konferensiya yo‘lida qo‘yilgan qadam deb atadi. Uchrashuvning kerakligiga shubha yo‘q, lekin unda afg‘on hukumatining ishtirokini ta’minlash qiyin masala edi. Moskva sammitida Afg‘oniston hukumati ishtirok etadi, boz ustiga, juda “to‘g‘ri” kompaniya tarkibida ishtirok etadi. Unda Rossiyadan tashqari Afg‘onistonning barcha qo‘shnilari - Eron, Pokiston, Xitoy, Hindiston va barcha Markaziy Osiyo davlatlari ishtirok etishadi. Unga AQSh ham taklif qilingan, lekin bunday tarkibdagi uchrashuvda AQSh– mutlaq begona elementdek ko‘rinadi.
Nega begona deganda, uchrashuvning qolgan a’zolari ShHTga kiradi. Qobul hukumati esa – Afg‘onistondan tinchlik o‘rnatishdan manfaatdor bo‘lgan qo‘shnilari bilan muloqot qiladi. Afg‘oniston qo‘shnilari esa – u yerda yana urush, tartibsizliklar bo‘lishini istamayli, yangi afg‘on hukumatiga tepadan turib qaramaydi. Ular yangi afg‘on realligini tan olishga tayyor.
*Rossiya va boshqa davlatlarda ta’qiqlangan terrorchi tashkilotlar
Yangiliklar lentasi
0