Migratsiya

Oʻzbekiston mehnat migrantlariga qulayliklar yaratmoqda

© Agentstvo po vneshney trudovoy migratsii.Trudovыe migrantы iz Uzbekistana v Koreye
Trudovыe migrantы iz Uzbekistana v Koreye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.10.2021
Yil boshidan beri tashkiliy tartibda ishga joylashtirilgan 70 mingdan ortiq fuqarolarning asosiy qismi Rossiya hissasiga toʻgʻri keladi – 63 480 nafar.
TOSHKENT 15 okt - Sputnik. Joriy yilning oʻtgan 9 oyi davomida mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish maqsadida 18 ta davlat bilan hukumatlararo bitim imzolash ishlari olib borildi.
Ish beruvchi agentliklar bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida Oʻzbekiston bozori uchun 72 mingdan ortiq ish joylari aniqlangan. Bugungi kunda respublika fuqarolari Rossiya, Koreya, Germaniya, Kanada, Latviya, Niderlandiya, Chexiya va boshqa mamlakatlarga ishga yuborilmoqda.
Yil boshidan beri tashkiliy tartibda ishga joylashtirilgan 70 mingdan ortiq fuqarolarning asosiy qismi Rossiya hissasiga toʻgʻri keladi – 63 480 nafar. Eʼtiborli tomoni, mehnatkashlarni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga eʼtibor kuchaytirilmoqda.
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.10.2021
Migratsiya
Eng koʻp deport qilinadigan migrantlar kimlar - ekspert javobi
Jumladan, ularning yoʻlkira haqi va ishga joylashish xarajatlarini qoplab berish uchun qariyb 1 mlrd 600 mln soʻm miqdorida mikroqarzlar berilgan. Bu bir kishi uchun 2 mln 700 ming soʻm demakdir.
Shuningdek, fuqarolar 25 dan ortiq turdagi kasblarga va til oʻrganishga jalb etilgan. Misol uchun, Rossiyaning Xalqlar doʻstligi universiteti tomonidan Mehnat vazirligining kasb-hunarga oʻqitish markazlari va monomarkazlarida tashkil etilgan rus tili kurslarida1,2 ming fuqaro oʻqitildi.
Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasining vakolatli tashkilotlari bilan hamkorlikda ushbu mamlakat hududidagi qurilish sohasiga 10 ming nafar oʻzbekistonliklarni mehnat shartnomasi asosida jalb etish yuzasidan “pilot loyiha” amalga oshirilayapti.
“Tadbirkor migrant” loyihasi doirasida esa xorijdan qaytgan fuqarolar Savdo-sanoat palatasi yordamida “Tadbirkorlik asoslari va biznes yurituvini tashkil etish”ga oid oʻquv kurslarida oʻqitilmoqda. Bugungi kunga qadar ularning 250 nafarga yaqini oʻz tadbirkorligini yoʻlga qoʻyishga muvaffaq boʻlgan.
Mehnat migratsiyasi davrida jarohat olgan, baxtsiz hodisaga duch kelgan, kasallikka chalingan fuqarolarni hamda ularning voyaga yetmagan farzandlarini Oʻzbekistonga olib kelish bilan bogʻliq xarajatlar qoplab berilishi ham maʼlum qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala