Jamiyat

Renault Oʻzbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni boshlaydi: qachon sotuvga chiqadi?

© Sputnik / Aleksey KudenkoMoskovskiy mejdunarodnыy avtomobilnыy salon
Moskovskiy mejdunarodnыy avtomobilnыy salon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.10.2021
Renault avtokontserni Oʻzbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqda.
TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. Frantsiyaning Renault avtokontserni Oʻzbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqda. Arkana va Kaptur krossoverlari shu yilning kuzida sotuvga chiqariladi.
"Renault Group kompaniyasining Oʻzbekistondagi hamkori Roodell bilan birgalikda brendning yangi bozoriga kirishi tashkil etilgan. <...> Birinchi mashinalar shu yilning kuzida xaridorlarga taqdim etiladi: birinchidan, zamonaviy kupe-krossover Renault Arkana va yorqin shahar krossoveri Renault Kaptur sotuvga chiqariladi”, - deyilgan kompaniya xabarida.
Keyinchalik Renault Duster yoʻltanlamas avtomobili respublika avtomobil bozorida paydo boʻladi.
Dastlabki bosqichda Renault sotish va xizmat koʻrsatish Toshkentdagi 2ta dilerlik markazida amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala