Shturmga tayyorgarlik: Rossiyaning Su-25 qiruvchilari nega Tojikistonda joy oldi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishVoyennie ucheniya ODKB "Rubej-2021" v Kirgizii
Voyennie ucheniya ODKB Rubej-2021 v Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2021
Obuna bo‘lish
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga va ayniqsa, Markaziy Osiyo mamlakatlariga notinch Afg‘onistonda to‘plangan Iroq va Suriyadan kelgan terrorchilar xavf solmoqda.
Murakkab tezkor vaziyat qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligi oshirilishi va Afg‘oniston chegarasining shimoliy qismida barcha maxsus xizmatlar faollashtirilishini talab qiladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston maxsus xizmatlari rahbarlari bilan 13-oktabr kuni o‘tkazilgan uchrashuvda Iroq va Suriyada harbiy tajriba orttirgan terrorchilar Afg‘oniston hududidan MDH mamlaktalariga kirib kelishlari ehtimoli yuqoriligi haqida bayonot qildi va kuch tuzilmalari qo‘shma maxsus operatsiyalarga oldindan tayyorgarlik ko‘rishlari muhimligini ta’kidladi.
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v plenarnom zasedanii foruma Rossiyskaya energeticheskaya nedelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2021
Putin: terrorchilar Afg‘onistondan Markaziy Osiyoga yoyilishni boshlashi mumkin
Xuddi shu kunning o‘zida ma’lum bo‘lishicha, Rossiya razvedkasi (TRX) Afg‘onistondagi joriy vaziyatni oldindan bashorat qilgani ma’lum bo‘ldi. Tojikiston Davlat Milliy Xavfsizlik Qo‘mitasi (DMXQ) afg‘on hududidan narkotik moddalar, qurol-yarog‘ va o‘q -dorilar oqimi ko‘payganini qayd etdi. Optimizm maydoni ko‘z oldimizda qiskarib bormoqda.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko toliblar Afg‘onistonning shimoliy provinsiyalarini nazorat qila olmasligini va Markaziy Osiyo mamlakatlaring xavfsizligiga kafolat bera olishga qodir emasligini ta’kidlagan edi. "Tolibon"* harakatidan bo‘lgan ayrim qurolli uyushmalar Tojikiston hududiga bostirib kirishga tayyor.
Ushbu tashvishli fonda Afg‘oniston chegarasi yaqinida KXShT qo‘shinlarining "Jangovar birodarlik - 2021" qo‘shma tezkor-strategik mashg‘ulotlarini o‘tkazish zarur ko‘rinmoqda. Tojikistonning Harb-Maydon va Momirak poligonlarida manyovrlar 18-23 oktabr kunlari Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikistondan kelgan 5 mingga yaqin harbiy xizmatchilar ishtirokida o‘tkaziladi. Operatsiyaga 700 dan ortiq qurol aslaha, jumladan, 40 dan ortiq samolyot va vertolotlar (Su-24MR, Su-25, Mi-8MTV, Mi-24) va 15 ta boshqaruvchisiz uchish apparatlari jalb qilinadi.
"Jangovar birodarlik"ning tarkibiy qismlari Sputnik ilgariroq aytib o‘tgan "Hamkorlik", "Qidiruv" va "Eshelon" maxsus mashqlaridan iborat bo‘ladi.
KXShT Birlashgan shtabi boshlig‘i Anatoliy Sidorov payshanba kuni hamkorlikdagi qo‘shinlar haqidagi ma’lumotlarga tuzatish kiritdi, ular ko‘paygani ma’lum bo‘ldi. Sidorov mashqlar tojik-afg‘on chegarasidagi voqealar rivojlanishining turli variantlari, jumladan, "inqirozli darajani" ham ko‘zda tutishini qo‘shimcha qildi.

Hujum burilishlari

KXShT bo‘yicha ittifoqchilar Afg‘oniston bilan chegara yaqinida qator maxsus mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ishlarini yakunlamoqda. Markaziy harbiy okrug(RF)ning Su-24MR bombardimonchi samolyotlari va Rossiyaning Qirg‘izistonda joylashgan "Kant" qo‘shma bazasining Su-25 shturm samolyotlari Tojikistonga ko‘chirildi. Birgalikdagi mashg‘ulotning aktiv bosqichida uchuvchilar dushman obyektlarini qidirish va yo‘q qilishni mashq qiladilar, shuningdek, hujum uyushtirayotgan motoo‘qchilar va tankchilar bo‘linmalarga havodan o‘t ochish orqali ko‘mak ko‘rsatadilar.
Boysi Talibana* v parke razvlecheniy v Kabule  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
KXShT mamlakatlari o‘z hududlarida afg‘on qochoqlarini joylashtirmasliklarini bildirishdi
Su-25 shturm samolyoti yer ustidagi kichik o‘lchamli harakatlanuvchi va harakatsiz obyektlarni taktik va yaqin operativ chuqurlikda old tomonda yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Nishonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinib turgan bir sharoitlarda yoki bo‘lmasa 30 metrdan besh kilometrgacha balandlik bo‘yicha berilgan koordinatalarda - quruqlikdagi qo‘shinlarni kechayu-kunduz bevosita qo‘llab-quvvatlashda unga teng keladigani yo‘q.
Su-25 ning kichik burilish radiusi (500 metr) shturmchi-uchuvchilarga hujumlarni samarali tashkil etish va: 30 mmli pushka-o‘qlari, boshqariladigan va boshqarilmaydigan raketalar, tuzatiladigan va kasseta bombalari, qudratli, keng hajmda-portlovchi aviabombalar va yoqilg‘i aralashmasiga to‘la baklar singari o‘q-dorilarni tejamkor ishlatishda yordam beradi. Su-25 hujum samolyotining maksimal jangovar yuki 4 tonnadan oshiq.
Ushbu qudratli va universal havo qurashchisi 1980-yillarning boshlaridayoq Afg‘onistonda o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olgan va so‘nggi o‘n yilliklarda bir necha bor modernizatsiya qilingan.
Manevralarga tayyorgarlik juda jiddiy. Avvalroq, Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlar qo‘mondoni o‘rinbosari Aleksey Lemakin Tojikistonda "Suriyadagi jangovar tajribani hisobga olgan holda, KXShT tezkor kuchlarining moddiy-texnik ta’minot bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalari ishlab chiqilishini" ma’lum qilgan edi.
"Jangovar birodarlik-2021"ning operativ-strategik mashg‘ulotda KXShTga a’zo bo‘lmagan O‘zbekiston qo‘shinlari ishtirok etmaydi. Aytish joizki, mamlakat obyektiv ravishda Tashkilot xavfsizlik zonasida joylashgan va ilgarilari qo‘shma kontraksilterror manyovrlarda qatnashgan.
Ehtimol, Toshkent harbiy tahdidlarni mustaqil bartaraf qilmoqchi, balki KXShT kuchlari va vositalaridan ko‘ra afg‘on sheriklari bilan yaqin hamkorlikdan umid qilayotgandir.

Tezkor vaziyat

"Tolibon"*ning oktabr oyidagi tashqi siyosiy faolligi - (Dohada bo‘lib o‘tgan) qator muhim uchrashuvlar va xorijdan gumanitar va moliyaviy yordam olish uchun va harakatni xalqaro miqyosda qonuniy siyosiy kuch sifatida tan olinishi uchun qo‘yilgan qadamlar - keyingi iqtisodiy va mamlakatning ichki siyosiy tanazzulini o‘rnini bosa olmaydi.
Qo‘shni davlatlar va BMT toliblar inklyuziv hukumat tuzish va ayollar huquqlarini hurmat qilish haqidagi va’dalarini bajarmayotganiga ishora qilmoqda. "Tolibon"*ning "raqiblarga qarshi turish" haqidagi va’dalariga qaramay, yirik shaharlarda teraktlar davom etmoqda, Afg‘onistonning shimoliy viloyatlarida elektr uzatish liniyalari portlatilishi tingan emas.
Toliblar "ikkinchi bor hukumatni egallagach" afg‘on ommaviy axborot vositalari aksariyatining ortida "Islom davlati"* turgan 17 ta terakt haqida xabar berdi. Qobul, Nangarxar, Parvon, Kunar, Qunduz shaharlaridagi portlashlarda 600 ga yaqin inson jabr ko‘rdi (hamma terorchilik hujumlari ham jamoatchilikka ma’lum qilinavermaydi). 8-oktabr kuni Xonobod uyezdida (Tojikistonga tutash bo‘lgan Qunduz provinsiyasi) shialar masjidida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 120 kishi halok bo‘ldi, 160 dan ortiq inson jarohatlandi. 14-oktabr kuni Kunar provinsiyasida ichida toliblarning uyezd politsiyasi boshlig‘i bo‘lgan avtomobil portlatildi.
6 oktabrya 2021. Prezident RF Vladimir Putin provodit v rejime videokonferensii soveshanie po voprosam razvitiya energetiki. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2021
Qorabog‘, toliblar va saylovlar: Putinning MDH yubiley majlisidagi nutqidan iqtiboslar
"Tolibon"*ning AQSh va NATOning Afg‘onistondagi harbiy intervensiyasiga qarshi kurashda muvaffaqiyatidan so‘ng, Afg‘onistonga Iroq va Suriyada jangovor tajribaga ega bo‘lgan "ID"* terrorchilari kirib kelishni boshladi, o‘z o‘rnida bu "hamma hammaga qarshi" bo‘lgan urush davom etishini anglatadi. Afg‘on xalqining boshiga tushgan kulfat shundan iboratki, hokimiyat uchun kurashda mamlakatda tobora ko‘p yangidan yangi radikal uyushmalar paydo bo‘lmoqda. Toliblarga qarshi "eskicha" partizan kurashini etnik tojik kichik-Ahmad Ma’sud boshchiligidagi Milliy qarshilik ko‘rsatish fronti ham davom ettirmoqda.
Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishini hisobga olgan holda, KXShTning Tojikistondagi harbiy mashg‘ulotlari, Rossiyaning Dushanbega ko‘rsatayotgan harbiy va harbiy-texnik yordami, tojik-afg‘on chegarasining moddiy-texnik mustahkamlanishi katta ehtimol bilan yaqin oylarda davom ettiriladi va hatto rivojlanadi.
* - Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0