Termizga BMTning Afg‘oniston uchun ko‘magi ortilgan birinchi bort yetib keldi

© REUTERS / Abdul Khaliq Achakzai Semya iz Afganistana u KPP v pakistano-afganskom pogranichnom gorode Chaman, Pakistan
Semya iz Afganistana u KPP v pakistano-afganskom pogranichnom gorode Chaman, Pakistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2021
Obuna bo‘lish
Birinchi ehtiyoj mollari ortilgan yuklar Afg‘onistonning Mozori-Sharif provinsiyasiga yetkaziladi
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. BMTning qochoqlar masalalari bo‘yicha boshqarmasining insonparvarlik yordami ortilgan birinchi borti juma kuni O‘zbekistonning Termiz shahriga yetib keldi.
Yuk ortilgan Il-76 samolyoti Termiz aeroportiga 11.20da kelib qo‘ndi, deb xabar qildi RIA Novostiga aeroport xodimi.
Flagi stran-uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2021
ShHT maxsus xizmatlari Afg‘onistondagi vaziyat fonida aloqalarni faollashtirmoqda
Birinchi galdagi zarurat buyumlaridan iborat yuk Termizdagi logistika markazidan "Termiz-Hayraton" chegara punkti orqali Afg‘onistonning Mazori-Sharifiga yetkazib berilishi kutilmoqda.
Sal avval BMT axborot-xizmati yaqin kunlarda BMTning qochoqlar masalalari bo‘yicha boshqarmasi Afg‘onistonga Termiz orqali insonparvarlik yordami ortilgan uchta samolyotni yuborishni rejalashtirayotganini xabar qilgan edi.
Termez Cargo Centre logistika markazi rahbari Nodirbek Jalilovga ko‘ra, BMTning Dubaydagi logistika markazidan yuklar 15-17 oktabr kunlari yetkazilishi rejalashtirilgan.
Jalilovning aytishicha, oktabr oyi boshidan Termizga temir yo‘l orqali BMTning World Food Programme dasturi orqali yuborilgan oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan 40ta vagon yetib kelgan.

Toliblar tomonidan Afg‘onistonda hukumatning bosib olinishi

Avgust oyining o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Qobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Qobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Talibi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2021
Termizda O‘zbekiston va "Tolibon"* o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi
Jangarilar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.
* — Rossiyada va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0