Jamiyat

UzAuto Motors arzonroq Cobalt taklif qildi

© Press-slujba UzAuto Motors AO UzAuto Motors obʼyavlyayet o starte prodaj chetыrex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane

AO UzAuto Motors obʼyavlyayet o starte prodaj chetыrex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.10.2021
UzAuto Motors Cobalt avtomobilini 1 million soʻm arzonroq evaziga tezroq yetkazib berish taklifini berdi.
TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. Yarimoʻtkazgichlarning global tanqisligi butun dunyo avtomobil sanoatiga, shuningdek, UzAuto Motors kompaniyasiga ham oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda. Shu sabab UzAuto Motors Cobalt avtomobilini 1 million soʻm arzonroq evaziga tezroq yetkazib berish taklifini berdi.
UzAuto Motors - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
Jamiyat
UzAuto Motors avtomobillari qozogʻistonliklarga yoqib qoldi
Bunda avtomobil xaridorga oʻrindiq isitish modulisiz yetkazib beriladi.
“Yuzlab tayyor Chevrolet Cobalt avtomobillari zavod avtoturargohida oʻzlarining yangi egalarini kutmoqda. Birgina yarimoʻtkazgich detalining yoʻqligi sabab avtomobildagi oʻrindiqni isitish tizimi ishlamasligi avtomobilni egasiga topshirishga yoʻl qoʻymaydi.
Yuzaga kelgan holatdan kelib chiqib, UzAuto Motors kompaniyasi yaqin orada 4-pozitsiya Chevrolet Cobalt’ni kutayotgan mijozlarga avtomobilni oʻrindiq isitish modulisiz taklif etadi. Ushbu komplektatsiya 1 million soʻmni tashkil etadi. Ularning narxi avtomobilning umumiy narxidan olib tashlanadi.
Avtomobilda konditsioner va pechka ishlashini taʼminlovchi isitish va sovitish tizim regulyatori (HVAC kontroller) oʻzgarishsiz ishlaydi. Oʻrindiqni isitish tugmasi ishlamaydi”, — deyilgan UzAuto Motors xabarida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala