Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Oʻzbekiston Qandahorda sodir etilgan teraktni keskin qoraladi

© AFP / RIZWAN TABASSUMSkoraya pomoщ v Afganistane, arxivnoye foto
Skoraya pomoщ v Afganistane, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.10.2021
Afgʻonistoda Soʻnggi 2 hafta ichida ikkinchi bor shiyalar masjidida koʻp sonli qurbonlarga olib kelgan teraktlar boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 16 okt - Sputnik. Oʻzbekiston Qandahorda 15 oktyabr kuni sodir etilgan terrorchilik harakatini keskin qoralaydi, deb xabar qilmoqda Tashqi ishlar vazirligi.
Oʻzbekiston Hukumati halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga samimiy taʼziya izhor etadi, shuningdek, jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tilaydi, deyilgan xabarda.
Xabarda shuningdek, ushbu kabi "gʻayriinsoniy hujumlar" vaziyatning yanada keskinlashuviga olib keladi va Afgʻonistonda uzoq muddatli tinchlik oʻrnatilishiga toʻsqinlik qilishi aytib oʻtilgan va Afgʻoniston hukumatining ushub kabi hodisalarning oldini olishga qaratilgan choralari olqishlangan.
Ria Novosti xabariga koʻra, 15 oktyabr kuni Qandahor shahridagi shiyalar masjidida juma namozi vaqtida mudhish terakt sodir etilgan. Ketma-ket sodir boʻlgan 3ta portlash oqibatida 63 kishi halok boʻlgan. Terakt uchun javobgarlikni ID* harakati oʻz boʻyniga olgan.
Maʼlumot uchun, oʻtgan juma, 8 oktyabr kuni Qunduz shahrida joylashgan yana bir shiya masjidida kuchli portlash sodir boʻlgan edi. Oʻshanda Terakt oqibatida 46 kishi halok boʻldi, 143 kishi jarohatlangan edi.
*Rossiyada taʼqiqlangan terrorchilik harakati
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala