Jamiyat

Oʻzbekistonda 150 mingdan ortiq bola koronavirusga qarshi emlandi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishMujchina vaktsiniruyetsya protiv COVID-19
Mujchina vaktsiniruyetsya protiv COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.10.2021
Oʻzbekistonda 12 yoshdan katta bolalarni emlash boʻyicha Fargʻona vodiysi peshqadamlik qilmoqda.
TOSHKENT, 16 okt - Sputnik. Oʻzbekistonda 150 mingdan ortiq bola koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
"12-18 yoshgacha boʻlgan 151 124 nafar bolalar Pfizer/BioNTech vaktsinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi", - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 28 sentyabrdan boshlab respublika bosh sanitariya vrachi va milliy texnik immunologik ekspert komissiyasining qaroriga asosan, ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni Pfizer vaktsinasi bilan emlash yoʻlga qoʻyilgan edi.
Bolalar uchun eng koʻp vaktsina qoʻllanilgan hududlar Fargʻona viloyati - 37 395 doza, Andijon - 22 502 doza, Namangan - 21 837 doza, Samarqand viloyatida - 14875 doza, Toshkent shahrida - 13197 doza vaktsina qoʻllanilgan.
Maʼlumot uchun, buguni kunda Oʻzbeistonda qoʻllanilgan jami vaktsina dozalari soni 23 milliondan oshib ketdi. Toʻliq emalangan fuqarolar soni 5,6 milliondan oshgan. Bu jami emlanishi kerak boʻlgan aholining 26% ini tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala