Rufat Risqiyevning yangi uyi qanday bo‘ladi

Obuna bo‘lish
Yangi uyni Yangi yil bayramiga qadar qurib bitkazish rejalashtirilgan va u afsonaviy bokschining 72 yoshiga munosib sovg‘a bo‘lishi kutilmoqda.
TOShKENT, 16 okt - Sputnik. Butun dunyoga "Toshkent yo‘lbarsi" nomi bilan tanilgan Rufat Risqiyevning uyida bugun yangi uy qurilishi ish qizg‘in ketmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Bokschining o‘g‘li Saidakrom Risqiyev aytishiga ko‘ra, yangi uy qurish haqidagi qaror qabul qilinganiga ancha vaqt bo‘lgan. Hozir esa buni amalga oshirish uchun mablag‘ va quruvchi tashkil topilgan.

Yangi qurilayotgan uy 3 xonali va barcha qulayliklari bilan bo‘ladi. Uning umumiy maydoni 100 metr kvadratni tashkil qiladi va u yerda albatta boksichining "shuhrat burchagi" bo‘ladi. Uyni Yangi yil bayramiga qadar qurib bitkazish rejalashtirilgan va u bokschining 72 yoshiga munosib soovg‘a bo‘lishi kutilmoqda.
Yangi uy qurilishi bilan "O‘zbekiston temir yullari" AJ shug‘ullanmoqda, qurilish uchun mablag‘ni esa - Milliy Olimpiya qo‘mitasi ajratgan, deb minnatdorlik bilan hikoya qilib berishdi bokschining oila a’zolari.
© SputnikLegendarnomu bokseru Riskiyevu stroyat noviy dom v Tashkente
Legendarnomu bokseru Riskiyevu stroyat noviy dom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2021
Legendarnomu bokseru Riskiyevu stroyat noviy dom v Tashkente
Rufat Risqiyev, ustozlar Aleksey Baranov va Boris Granatkin qo‘l ostida shug‘ullangan. Risqiyev 1972-yilda SSSR chempionati, 1974-yilda kubada bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionati g‘olibo bo‘ldi. O‘shanda ikkala qo‘lining 9ta joyida suyagi sinishiga qaramasdan Risqiyev jangni davom ettirgan va oltin medal sohibi bo‘lgan. Shundan so‘ng "Toshkent yo‘lbarsi" nomini olgan.
© SputnikLegendarnomu bokseru Riskiyevu stroyat noviy dom v Tashkente
Legendarnomu bokseru Riskiyevu stroyat noviy dom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2021
Legendarnomu bokseru Riskiyevu stroyat noviy dom v Tashkente
1976 yilda Rufat Risqiyev yana bir marotaba SSSR chempioni bo‘ladi va Monreal Olimpiadasiga yo‘llanma oladi. Olimpiadada kumush medal sohibi bo‘ladi. Shundan so‘ng Risqiyev sportdagi karyerasini tugatishga qaror qiladi. "Toshkent yo‘lbarsi" havaskor ringda jami 189 ta jang o‘tkazib ulardan 174tasida g‘olib chiqadi.
Shundan so‘ng, Risqiyev boks hakami bo‘lib ishlaydi va bir necha filmlarda kichik rollarni ijro etadi.
So‘nggi yilarda OAVda Rufat Risqiyevning og‘ir xasta va og‘ir moliyaviy aholda ekani haqida xabarlar bir necha bor paydo bo‘lgan edi. Shundan so‘ng O‘zbekiston hukumati afsonaviy bokschining uyini ta’mirlab bergani va moddiy yordam ko‘rsatgani haqida xabar berilgan edi.
© SputnikLegendarnomu bokseru Riskiyevu stroyat noviy dom v Tashkente
Legendarnomu bokseru Riskiyevu stroyat noviy dom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2021
Legendarnomu bokseru Riskiyevu stroyat noviy dom v Tashkente
Yangiliklar lentasi
0