Men rahbar boʻlsam migrantlar hech qachon soliqqa tortilmaydi - Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.10.2021
Fuqaro oʻz oilasiga bergan koʻmagini, daromad deb soliqqa tortib boʻlmaydi - Shavkat Mirziyoyev.
TOSHKENT, 16 okt – Sputnik. Migrant yurtdoshimizning oʻz oilasiga bergan koʻmagini, daromad deb soliqqa tortib boʻlmaydi, dedi prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida saylovchilar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda, deb yozadi bloger Xushnudbek.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin “Milliy tiklanish” partiyasi nomzodi Alisher Qodirov chet elda ishlaydigan mehnat migrantlarini soliqqa tortish haqidagi tashabbus bilan chiqqan edi. Ayni damda ushbu tashabbus jamiyatda keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.
“Nomzod sifatida bu masala boʻyicha oʻzimning pozitsiyamni aniq aytib oʻtmoqchiman. Hozirda 2,5 milliondan ziyod fuqarolarimiz xorijda mehnat faoliyatini olib bormoqda. Ular topayotgan daromadlaridan xorijda soliqlarni toʻliq toʻlab, qolgan qismini oʻz oilasiga joʻnatmoqda. Vatandan uzoqda mehnat qilib, ham oʻzini, ham oilasini boqayotgan yurtdoshlarimizga, faqat rahmat aytish kerak.
Bir narsani aniq tushunib olish kerak: bu – soliqqa tortiladigan daromad emas! Fuqaromiz oʻz oilasiga bergan koʻmagini, daromad deb soliqqa tortib boʻlmaydi.
Migrantlar mening fidoyi farzandlarim. Bir paytlar ularga nisbatan notoʻgʻri taʼrif ishlatilgan edi. Lekin men bu fikrga qoʻshilmaganman. Oʻzingiz oʻylang, ular nima uchun xorijga ishga ketishgan? Noilojlikdan! Agar biz bu yerda ish bilan taʼminlab berganimizda ular xorijga ketarmidi? Yoʻq! Mana, 90-yillarda migrantlar yoʻq edi-ku.
Soʻnggi kunlarda ularni daromad soligʻiga tortish haqida turli fikrlar bildirilyapti. Lekin ishontirib aytmoqchimanki, agar men shu yurtda rahbar boʻlib ishlasam, ular hech qachon soliqqa tortilmaydi. Aksincha, ularga Oʻzbekistonda sharoit yaratib berishga harakat qilamiz", – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Aytish joizki, chet elda ishlab pul topayotgan mehnat migrantlari daromadlarini Oʻzbekistonda soliqqa tortish bu - noqonuniy ham. Chunki bugungi kunda Oʻzbekiston 52 davlat bilan ikki tomonlama soliqqa tortmaslik haqida shartnomalar imzolagan. Ular orasida Rossiya, Qozogʻiston, Janubiy Koreya va Turkiya kabi aksariyat mehnat migrantlari ishlaydigan davlatlar bor.
Ushbu shartnomalarga muvofiq bir davlat iqtisodiy subʼyekti oʻz faoiyatini ikkinchi davlatda olib borsa va u yerda soliqlarni toʻliq toʻlasa, ikkinchi davlatda uning daromadiga qaytadan soliq solinmaydi. Yaʼni Oʻzbekistonda ishlaydigan Rossiya kompaniyalari yoki fuqarolari soliqlari toʻliq Oʻzbekistonda toʻlanadi. Rossiyada ularning daromadidan qaytadan soliq olinmaydi va ho kazo.
Situatsiya u migratsionnogo tsentra v Podmoskovye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.10.2021
Jamiyat
"Asos yoʻq": DSQ Alisher Qodirovning migrantlardan soliq undirish taklifi boʻyicha javob berdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala