Jamiyat

Soʻxda aeroport qurib bitkazildi

© Xokimiyat Soxskogo rayonaPostroyen novыy aeroport v Soxe
Postroyen novыy aeroport v Soxe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.10.2021
Soʻx tumani Oʻzbekistonga yanada yaqin boʻldi - u yerda yangi mahalliy aeroport qurib bitkazildi.
TOSHKENT, 16 okt - Sputnik. Fargʻona viloyatining Soʻx tumanidan yangi aeroport qurib bitkazildi, deb xabar qilmoqda Soʻx tumani hokimiyati matbuot xizmati.
Navobod mahalla fuqarolar yigʻini hududida jadal surʼatlar bilan barpo etilgan aerodrom maydoni 7 gektar boʻlib, uchish-qoʻnish yoʻlagi uzunligi 700 metrni tashkil etadi. Aeroport qurilishiga davlat byudjetidan 6,8 mlrd. soʻm (635 ming$) mablagʻ ajratilib, aeroport uchish maydonchasi, kutish zali, ovqatlanish shoxobchasi, savdo nuqtasi, dam olish joylarini oʻzida qamrab olgan. Yaqin kunlarda sinov uchishlari amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.
© Xokimiyat Soxskogo rayonaPostroyen novыy aeroport v Soxe
Postroyen novыy aeroport v Soxe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.10.2021
Postroyen novыy aeroport v Soxe
Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Soʻx tumaniga tashrifi doirasida tumanda qurilish ishlari yakunlanayotgan yangi aeroport bilan shaxsan tanishdi va kerakli koʻrsatmalar berdi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasining Qirgʻiziston hududi ichkarisida joylashgan eksklavi - Soʻx tumani, maydoni 352 km kvadratni tashkil qiladi. Bu yerda 80 ming aholi yashaydi. Tumanning Oʻzbekiston bilan bevosita chegarasi boʻlmagani tufayli Qirgʻiziston hududi orqali 19 km masofa bosib borish va 2 marotaba chegara nazoratidan oʻtish kerak.
© Xokimiyat Soxskogo rayonaPostroyen novыy aeroport v Soxe
Postroyen novыy aeroport v Soxe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.10.2021
Postroyen novыy aeroport v Soxe
Yangi aeroport, shubhasiz, Soʻx tumani uchun eng yaxshi sovgʻa boʻldi. U har qanday vaziyatda Oʻzbekiston bilan tez va bevosita bogʻlanish imkonini beradi. Aeroportlar xalqaro klassifikatsiyasiga koʻra ushbu aeroport 4-klass toifasiga mansub boʻlib, undan faqat mahalliy yoʻnalishlarda uchadigan samolyotlar foydalanishi mumkin.
Doroga Sox—Rishtan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2021
Infografika
Soʻx tumaniga yaqin yoʻl ochildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala