Iqtisod

Aholining tabiiy gazdan 500,6 mlrd soʻm qarzi bor – “Hududgaztaʼminot”

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishOtkrыtiye Bыstritskogo gazovogo mestorojdeniya v Lvovskoy oblasti
Otkrыtiye Bыstritskogo gazovogo mestorojdeniya v Lvovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.10.2021
Bugungi kunga kelib 1,2 milliondan ortiq isteʼmolchining tabiiy gaz uchun 501,6 milliard soʻm miqdordagi debitorlik qarzdorligi mavjud.
TOSHKENT, 17 okt — Sputnik. Bugungi kunga kelib oʻzbekistonliklarning gazdan qarzi 500 mlrd soʻmdan oshgan. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, isteʼmolchilar xonadonlarida "Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi"ga ulangan 2 milliondan ortiq "aqlli" hisoblagichlar (ASKUE) oʻrnatib berilgan.
Zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunasi hali oʻrnatilmagan 1,5 million isteʼmolchi esa sarflangan gaz uchun eski namunadagi gaz hisoblagichlar koʻrsatkichlari boʻyicha toʻlov qilishni davom ettirmoqda.
Kompaniyaning maʼlum qilishicha, ayrim isteʼmolchilar yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun toʻlovlarni vaqtida amalga oshirmayapti. Natijada esa isteʼmolchilar tomonidan katta qarzdorlik yuzaga kelmoqda va qarzga nisbatan vaqtida toʻlov qilinmaganligi sababli penya hisoblanmoqda.
“Bugungi kunga kelib 1,2 milliondan ortiq isteʼmolchining tabiiy gaz uchun 501,6 milliard soʻm miqdordagi debitorlik qarzdorligi mavjud”, - deyilgan xabarda.
Maʼlum qilinishicha, tez orada butun mamlakat boʻylab "aqlli" hisoblagichlarni oʻrnatish ishlari yakunlanadi. Yangi hisoblagichlar ishga tushgach, isteʼmolchiga baribir qarzdorligini qoplashga toʻgʻri keladi. Bundan tashqari, asosiy qarzdorlikni bartaraf etish bilan birga unga nisbatan hisoblangan penyani ham toʻlash talab qilinadi. Aks holda isteʼmolchi gaz taʼminoti tizimidan avtomatik ravishda uzib qoʻyiladi.
Jamiyat
“Hududgaztaʼminot”: Tabiiy gaz endi ogohlantirishsiz oʻchirilmaydi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala