Migratsiya

Migrantlar uchun jozibador boʻlishni istasak, ularga munosib maosh toʻlashimiz kerak – Katirin

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Fotobankka oʻtishRabochiye na stroitelstve avtomobilnogo mosta
Rabochiye na stroitelstve avtomobilnogo mosta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.10.2021
Qayd etilishicha, past maosh sababli xorijlik ishchilar Rossiyaga emas, balki Yevropa mamlakatlariga ketishmoqda.
TOSHKENT, 17 okt — Sputnik. Rossiyada mehnat migrantlari uchun sharoitlarni yaxshilash zarur. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” nashri bilan suhbatda Rossiya Savdo-sanoat palatasi prezidenti Sergey Katirin maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, mamlakatda avvalgidek ishchi kuchi yetishmasligi kuzatilmoqda. Ayniqsa, qishloq xoʻjaligi, qurilish va boshqa sohalarda kadrlar yetishmasligi yaqqol namoyon boʻlmoqda.
Katirin rossiyaliklarni jalb qilish va oʻqitishga qaramasdan, Rossiya migrantlar bilan ishlashi kerak deb hisoblaydi.
U koʻp chet elliklar Rossiyadagi mehnatdan malakalari oshgani bois voz kechishganini taʼkidladi. Chunki berilayotgan maosh ularning darajasiga mos kelmaydi.
Shuning uchun mehnat migrantlari Yevropa bozorlarida ishlashni afzal bilishmoqda.
“Agar migrantlar uchun jozibador boʻlishni istasak, ularning hayoti, salomatligi uchun sharoit yaratishimiz, munosib maosh toʻlashimiz kerak”, - deydi Katirin.
U muayyan shart-sharoitlar muhayyo qilingan taqdirda migrantlar koʻproq Rossiyani tanlashlarini qoʻshimcha qildi.
Trudovыe migrantы iz Uzbekistana v Koreye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.10.2021
Migratsiya
Oʻzbekiston mehnat migrantlariga qulayliklar yaratmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala